Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

San-Marino – eng qadimiy respublikalardan biri boʻlib, Unga 301-yil 3-sentyabrda Rim imperatori Diokletianning nasroniylarga qarshi qiynoqlaridan qochgan nasron

San-Marino

San-Marino (lotincha: San-Marino Respublikasi) poytaxti – San-Marino shahri. BMT aʼzosi.

San Marino Respublikasi
Repubblica di San Marino
San Marino bayrogʻi
Bayroq
Gerb of San Marino
Gerb
Shior: Libertas
(Lotincha: Ozodlik)
Madhiya: Inno Nazionale della Repubblica
Location of San Marino
Poytaxt San Marino
Rasmiy til(lar) Italyancha
Hukumat Semi-Prezidentlik Davlat
• Kapitan-Regent
Valeria Ciavatta
• Kapitan-Regent
Luca Beccari
• Davlat kotibi
Fabio Berardi
Konstitutsiya (8-oktabr-1600)
Maydon
• Butun
61.2 km2 (225-oʻrin)
• Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
28,880 (216-oʻrin)
• Zichlik 471/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$940 mil. (193-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$32,548
Pul birligi Yevro (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma SM
Telefon prefiksi 378
Internet domeni .sm
tahrir kuzat

San-Marino – eng qadimiy respublikalardan biri boʻlib, Unga 301-yil 3-sentyabrda Rim imperatori Diokletianning nasroniylarga qarshi qiynoqlaridan qochgan nasroniy tosh ustasi Dalmatian Marinus tomonidan asos solingan. 1253-yildan beri davlat tuzumi oʻzgarmay kelgan. 1463-yildan buyon San-Marino hududi oʻzgarmagan. Aholisining etnik tarkibi: San-Marinolar - 83%, italyanlar - 12%.

Tabiati

San-Marino Titano togʻ yonbagʻrida joylashgan. Mamlakat iqlimi – oʻrta yer dengiz iqlimi, lekin Italiya iqlimiga nisbatan moʻtadil. Qishda koʻp qor yogʻadi. Oʻrmonlari kamayib ketgan. Ammo efirmoyiga boy. Butazor va oʻtloqlar mavjud. Togʻda joylashgan kichik daryolar yozda qurib qoladi.

Xoʻjaligi

San-Marino iqtisodiyoti asosan, sayyohlarga xizmat koʻrsatish, pochta markalari, tangalar va esdalik sovgʻalar chiqarishga tayanadi. Aholining turmush darajasi va oʻrtacha umr koʻrish yoshi dunyoda eng yuqori koʻrsatkichga yetgan. Mamlakatda mahalliy hunarmandchilik rivojlangan. Asosiy eksport mahsulotlari: vino, chinni, shisha, buyumlar, esdalik sovgʻalari.

Diqqatga sazovor joylari

Sayyohlarni San-Marinoning goʻzal tabiat manzaralari, Oʻrta asr va Uygʻonish davriga mansub arxitektura sanʼati durdonalari oʻziga jalb qiladi. Shahar XVI asrda barpo etilgan qadimiy davr qoʻrgʻon devorlari bilan oʻralgan. Koʻcha va yoʻlaklar tosh zinalar bilan birlashgan. Asosiy yodgorliklarga XIV-XV asrlar cherkovi, XVI asr kaputsinlar monastirlari, XIV-XV asrlar San-Franchesko cherkovi, XIX asrda qurilgan ozodlik maydonidagi hukumat saroyi kiradi. San-Marino – ilmiy, madaniy ommabop kongress, konferensiya, simpoziumlar oʻtkaziladigan anʼanaviy joy.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, san-marino haqida ma’lumot. san-marino nima? san-marino nimani anglatadi?

Yuqori