Qorangkoʻlsoy – Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy, Chirchiq daryosining chap irmogʻi.
| Qorangkoʻlsoy | |
|---|---|
![]() Qorangkoʻlsoy oʻrta oqimida | |
| Havzasi | Chirchiq daryosi/Sirdaryo/ Kichik Orol dengizi/Katta Orol dengizi |
| Suv oqimi | |
| Boshlanishi | |
| · Boshlanish joyi | Qoʻngʻirbuk tizmasi |
| · Balandligi | 1 600—1 800 m |
| Quyilishi | Chirchiq (daryo) |
| · Quyilish joyi | Xoʻjakent GESning quyi befi |
| · Balandligi | 1 093 m |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Oʻzbekiston |
| Mintaqa | Toshkent viloyati |
| Tuman | Boʻstonliq tumani |
| Qorangkoʻlsoy | |
Gidrologik xususiyatlari
Qorangkoʻlsoy – Chirchiqning nisbatan yirik irmoqlaridan biri boʻlib, Gʻalvasoy, Oqsoqotasoy, Parkentsoy va Qizilsoy bilan birgalikda chap tomondagi irmoq hisoblanadi. Havzasining maydoni 15,6 km², suv yigʻilish maydonining oʻrtacha balandligi 1380 m. Qorangkoʻl maydonida oʻlchanadigan yillik oʻrtacha suv sarfi 0,134 m³/s, yillik oqim hajmi 4,28 mln m³, oʻrtacha oqim moduli 8, 57 l/ sek. km², oqim qatlami – 275 sm/yil, 40 yillik kuzatuvlarga (1947—1987-yillar) koʻra, suv oqimining oʻzgaruvchanlik koeffitsienti 0,647 tashkil etadi. Kuzatilgan maksimal suv oqimi 26,1 m³/s.
Soy oqimi
Qoʻngʻirbuk tizmasidan oqib oʻtuvchi Qorangkoʻlsoy Chatqol tizmaslarini kesib oʻtadi. Soy manbalari taxminan 1600-1800 m balandlikda joylashgan. Dastlab daryo toʻliq gʻarbiy yoʻnalishda oqadi, Qorangkoʻl qishlogʻi hududidan shimoli-gʻarbga buriladi. Qorangkoʻlsoy yuqori oqimda toshlar bilan toʻldirilgan tor daralarda oqadi. Qorangkoʻlsoy manbasida ob-havo va suv taʼsirida gʻalati shaklga ega boʻlgan ohaktosh jinslar bor. Soy pastga qarab nisbatan tik yonbagʻirli dara tubida oqadi. Quyilish joyidan 3 km uzoqlikda, oʻng qiyalikdan koʻchki natijasida vodiyning tubi 10-12 m kengligida loy bilan toʻlgan. Bu choʻkindi massa eni yuqorida 5-6 m, quyida 1,0-1,5 m, chuqurligi 3-4 m boʻlgan kanyonga oʻxshash joyni yuvadi. Qorangkoʻlsoy darasi oʻrmonlar bilan qoplangan boʻlib, ularda togʻolcha, doʻlana, naʼmatak, yongʻoq, ozroq yovvoyi olma oʻsadi. Soy sohillarida toʻqay oʻsimliklari zich oʻsadi.
Qorangkoʻlsoyning oʻrta oqimida Qorangkoʻl qishlogʻi boʻlib, uning ortida soy oʻng qirgʻogʻida bogʻlar joylashgan. Chap qirgʻoqda esa Toshkent toʻqimachilik kombinatining „Toʻqimachi“ bolalar lageri qurilgan. Qoraqultoʻgʻay qishlogʻi hududida soy suvlari Chirchiq daryosiga Xoʻjakent GESning quyi befida, taxminan 720 m balandlikda quyiladi. Chirchiqqda qoʻshilishdan oldin Qorangkoʻlsoy P-12 avtomagistral va Toshkent-Xoʻjakent temir yoʻlini kesib oʻtadi.
Izohlar
- Parkentsoy va Qizilsoy Chirchiqdan chiqadigan Chapqirgʻoq Qorasuvga quyiladi
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qorangkoʻlsoy haqida ma’lumot. qorangkoʻlsoy nima? qorangkoʻlsoy nimani anglatadi?
