Qoʻshrabot — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Qo'shrabot tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Yaqin temir yo'l stansiyasi — Kattaqoʻrgʻon (58 km). Qoʻshrabotdandan Samarqand shahri gacha 100 km. Aholisi 10 ming kishiga yaqin (2004). Qoʻshrabotda paxta tozalash, gʻisht zavodlari, MTP, kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, dehqon bozori bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, kasbhunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uylari, stadion, sport maydonchalari va boshqa sport inshootlari mavjud. 6 kasalxona (shu jumladan, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻ-ruqxona va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Q.dan Samarqand shahri va qoʻshni tuman markazlariga yoʻlovchilar tashuvchi avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.
Qoʻshrabot | |
|---|---|
| shahar | |
| Bayroq ![]() Gerb | |
| 40°15′50″N 66°39′02″E / 40.26389°N 66.65056°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| viloyat | Samarqand viloyati |
| tuman | Qoʻshrabot tumani |
| Iqlim turi | Moʻtadil |
| Rasmiy til(lar)i | Oʻzbek |
| Aholisi | 10 810 |
| Milliy tarkib | Oʻzbeklar |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| | |

| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qoʻshrabot haqida ma’lumot. qoʻshrabot nima? qoʻshrabot nimani anglatadi?


