Qargʻasimonlar — sayroqi chumchuqsimonlar turkumi oilasi. Anatomik tuzilishiga koʻra birmuncha sodda; lekin nisbatan murakkab xattiharakatlari bilan boshqa chumchuqsimonlardan ajralib turadi. Ayrim Qargʻasimonlar tovushga taqlid qiladi (odam ovozini takrorlaydi). Uzunligi 18—70 sm. Tumshugʻi va oyoqlari baquvvat, burun teshiklari keng va qillar bilan toʻsilgan. 26 uruqqa mansub 104 turi bor. Yangi Zelandiya va ayrim o.dan tashqari Yer yuzida keng tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida 4 urugʻ (qargʻalar, hakkalar, xoʻjasavdogarlar, togʻ zagʻchalari)ga mansub 9 turi tarqalgan.
| Qargʻasimonlar | |
|---|---|
| |
| Cyanocitta cristata | |
| Biologik klassifikatsiya | |
| | |
![]() Distribution map of the Corvidae. Ko'payadigan hududi Qayta ko'paytirilgan Qirilib ketgan (post-1500) Qirilib ketgan (pre-1500) | |
Koʻpchilik Qargʻasimonlar gala boʻlib yashaydi; ayrim turlari koloniya boʻlib uya quradi. Uyasini daraxtlar shoxi, kovagi, qoya toshlar, binolarga yoki qamishlar orasiga quradi. Urgʻochisi 3—10 ta tuxum qoʻyib, uni bosib yotadi. Ayrim Qargʻasimonlarning erkagi ham tuxum bosadi. Har xil oziq yeydi, koʻpchiligi mayda kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanadi; baʼzi turlari ekinlar, qushlar uyasidagi tuxumlari va joʻjalarini, moʻynali hayvonlar bolasini yeb, birmuncha ziyon keltiradi.
Urugʻ va turlari
| Qargʻasimonlar oilasi (Corvidae) | ||||||||||
| Tashqi koʻrinishi | Nomi | Lotincha nomi | Tarqalishi va muhofaza maqomi | Ostturlari | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Qargʻalar urugʻi | ||||||||||
| Corvus albicollis | Corvus albicollis Latham 1790 |
| ||||||||
| Corvus albus | Corvus albus Muller 1776 |
| ||||||||
| Corvus bennetti | Corvus bennetti North 1901 |
| ||||||||
| Corvus brachyrhynchos | Corvus brachyrhynchos Brehm 1822 | |
| | ||||||||
| Corvus capensis | Corvus capensis Lichtenstein 1823 |
| ||||||||
| Corvus celebensis | Corvus celebensis Stresemann 1936 |
| ||||||||
| Quzgʻun | Corvus corax Linnaeus 1758 |
| ||||||||
| Olaqargʻa | Corvus cornix Linnaeus 1758 |
| ||||||||
| Corvus corone | Corvus corone Linnaeus 1758 |
| ||||||||
| Corvus coronoides | Corvus coronoides Vigoris, Horsfield 1827 |
| ||||||||
| Corvus crassirostris | Corvus crassirostris Rüppell 1836 |
| ||||||||
| Corvus cryptoleucus | Corvus cryptoleucus Couch 1854 |
| ||||||||
| Corvus culminatus | Corvus culminatus Sykes 1832 |
| ||||||||
| 1 urugʻi | ||||||||||
| [[Fayl:|200x200px]] | 1 | 1 1 1821 | [[Fayl:|209x209px]]
| |||||||
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qargʻasimonlar haqida ma’lumot. qargʻasimonlar nima? qargʻasimonlar nimani anglatadi?

