Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Protestantizm (lotincha: protestatio norozi boʻlish, kelishmaslik) – xristianlikdagi 3 asosiy oqimdan biri (katolitsizm va pravoslaviye bilan birga). Reformatsi

Protestantizm

Protestantizm (lotincha: protestatio norozi boʻlish, kelishmaslik) – xristianlikdagi 3 asosiy oqimdan biri (katolitsizm va pravoslaviye bilan birga). Reformatsiya davri (16-asr)da katolitsizmdan ajralib chiqqan. Protestantizm asoschilari – M. Lyuter, J. Kalvin, U. Svin-gli. Protestantizm cherkov, sektalarni, kalvinchilik, lyuteranlik, anglikan cherkovlari, metodistlar, baptistlar, adventistlar-ni, shuningdek, koʻpgina mustaqil oqimlarni birlashtiradi. Protestantizm ruxoniylarning inson bilan xudo oʻrtasidagi vositachilik rolini inkor etadi. Protestantizm da ruxoniylar bilan oddiy dindorlar farqlanmaydi. Murakkab cherkov iyerarxiyasi yoʻq, toat-ibodat soddalashtirilgan, monaxlar boʻlmaydi, ruhoniylarning oila qurishi man etilmaydi. Protestantizm, asosan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Skandinaviya mamlakatlarida, Niderlandiya, Shveysariya, Avstraliya, Kanada, Boltiqboʻyi mamlakatlari (Estoniya, Latviya)da tarqalgan. Protestantlarning umumiy soni 750 mln. ga yaqin.

Yana

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, protestantizm haqida ma’lumot. protestantizm nima? protestantizm nimani anglatadi?

Yuqori