Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Preriyalar (frans. prairie, lot. pratum — oʻtloq) — Shimoliy Amerikada, asosan, boshoqdosh oʻsimliklardan iborat oʻtloqlar. Kanadaning janubidan Meksika togʻlar

Preriyalar

Preriyalar (frans. prairie, lot. pratum — oʻtloq) — Shimoliy Amerikada, asosan, boshoqdosh oʻsimliklardan iborat oʻtloqlar. Kanadaning janubidan Meksika togʻlarigacha tarqalgan. Oʻzlashtirilmasdan oldin Shimoliy Amerikada 1 mln. km² dan, Kanadada 2 mln. km² dan koʻproq maydonni egallagan. Oʻsimlik qoplamida Yevrosiyo choʻllaridagi singari, asosan, sovuqqa va qurgʻoqchillikka chidamli, chim hosil qiluvchi boshoqlilar dominantlik qiladi. P.ning asosiy qismi sharqda oʻzlashtirilib, makkajoʻxori va bugʻdoy ekiladi; gʻarbda yaylov sifatida foydalaniladi. P.ning tabiiy oʻsimliklari Kanadada saqlanib qolgan; odam tomonidan kam oʻzgartirilgan qolda AQSH dagi milliy bogʻlarda (Janubiy Dakota shtati) koʻrish mumkin. P. uchun xos hayvonlar (yaylov iti, krradum, butu, koyot, bizon) ham milliy bogʻlarda saqlanib qolgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, preriyalar haqida ma’lumot. preriyalar nima? preriyalar nimani anglatadi?

Yuqori