Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Podshohxon oyim — Qoʻqon xonligi va Buxoro amirligi malikasi. Fargʻona beklaridan Mahmudbekning qizi edi. Manbalarda juda husnli juvon boʻlganligi taʼkidlanadi.

Podshohxon oyim

Podshohxon oyimQoʻqon xonligi va Buxoro amirligi malikasi. Fargʻona beklaridan Mahmudbekning qizi edi. Manbalarda juda husnli juvon boʻlganligi taʼkidlanadi.

Podshohxon oyim
Qoʻqon xonligi malikasi
Hukmdor Umarxon (1809—1822)
Muhammad Alixon (1822—1841)
Buxoro amirligi malikasi
Hukmdor Amir Nasrulloh (1827—1860)
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi XIX asr
Qoʻqon xonligi
Vafoti XIX asr
Buxoro, Buxoro amirligi
Fuqaroligi Qoʻqon xonligi
Buxoro amirligi
Turmush oʻrtogʻi Umarxon
Muhammad Alixon
Amir Nasrulloh
Bolalari 1 ta farzand (Muhammad Alixondan)
Otasi Mahmudbek

Podshohxon oyim avvaldan Qoʻqon xonligi hukmdori Umarxonning (1809—1822) kanizagi boʻlgan. Xonning oʻlimidan soʻng taxtga koʻtarilgan Muhammad Alixon (1822—1841) Podshohxon oyimga, yaʼni oʻzining oʻgay onasiga uylangan va undan farzand koʻrgan. Manbalarga koʻra, Muhammad Alixon bu ayolni otasi tirikligida yaxshi koʻrib qolgan.

Qoʻqon ulamolari Muhammad Alixonning bunday kufrona ishlaridan gʻazablanib va raʼiyatga (fuqarolarga) qilayotgan jabr-zulmidan sabr kosalari toʻlib, Buxoro amirligi hukmdori (amir ul-umaro) Amir Nasrullohga (1827—1860) islom dinining Turkistondagi himoyachisi sifatida murojaat qilishgan va 1842-yil amir Qoʻqon ustiga harbiy yurish qilib uni ishgʻol etgan. Soʻng Podshohxon oyimni oʻz nikohiga olgan.

Zamondosh muarrixlarning yozishicha, u hukmdorlar boshini yegan oyim hisoblangan. Tarixchilarning fikricha, har uchala hukmdorning bevaqt oʻlimiga aynan shu ayol sababchi boʻlgan ekan.

Adabiyotlar

  • Bobobekov H. N.. Qoʻqon tarixi. Toshkent: Fan, 1996 — 238-bet. ISBN 5-648-02374-X. 
  • Rajabov Q. K.. Nasrullohxon (risola). Toshkent: Abu matbuot-konsalt, 2011 — 47-bet. ISBN 978-9943-336-63-6. 
  • Бабаджанов Б. М.. Кокандское ханство: власть, политика, религия. Токио — Ташкент: TIAS, 2010 — 744-bet. ISBN 978-9943-330-50-4. 

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, podshohxon oyim haqida ma’lumot. podshohxon oyim nima? podshohxon oyim nimani anglatadi?

Yuqori