Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Poʻlat (forscha: پولاد‎‎) — kelib chiqishi forscha boʻlgan erkaklar va xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Poʻlatxoʻja

Poʻlat (forscha: پولاد‎) — kelib chiqishi forscha boʻlgan erkaklar va xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Poʻlat
(forscha: پولاد‎)
Jins uniseks
Ota ismi Poʻlat oʻgʻli, Poʻlatovich
Poʻlat qizi, Poʻlatovna
Ayollar uchun shakli Poʻlatxon
Yasama shakllari Poʻlatjon, Poʻlatxon, Poʻlatxoʻja
Chet tillardagi oʻxshashliklar forscha: پولاد
Bogʻliq maqolalar:
Vikilugʻat logotipi
Vikilugʻatda ushbu soʻzga oid batafsil maʼlumot beruvchi sahifa mavjud:
    poʻlat

Taniqli shaxslar

  • Poʻlatxon — 1875—76-yillarda Qoʻqon xonligida koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni rahbari;
  • Poʻlat Abdullaev — sovet va rus diplomati;
  • Poʻlat Abdurahmonov — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi, iqtisod fanlari nomzodi, Samarqand viloyatining birinchi hokimi (1992—1995);
  • Poʻlat Bobojonov — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri (2017—2025) hamda Xorazm viloyati hokimi (2012—2017) boʻlgan;
  • Poʻlat Habibullayev — fizik olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1984). SSSR (1991-yildan Rossiya) Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), fizika-matematika fanlari doktori (1971), professor (1972);
  • Poʻlat Hasanov — nazariy elektrotexnika sohasidagi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), texnika fanlari doktori (1975), professor (1977);
  • Poʻlat Madreimov — baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1977);
  • Poʻlat Moʻmin — bolalar shoiri. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983);
  • Poʻlat Qayumov — sovet va o‘zbek davlat arbobi;
  • Poʻlat Rasulov — kinooperator. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967);
  • Poʻlat Saidqosimov — oʻzbekistonlik aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1979);
  • Poʻlat Sanaxanov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995);
  • Poʻlat Yoqubov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1997);
  • Poʻlat Yusupov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi;
  • Poʻlat Zohidov — oʻzbekistonlik meʼmor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan meʼmor (1976);
  • Poʻlat Zokirov — geobotanik, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1989), biologiya fanlari doktori (1971), professor (1983);
  • Poʻlatjon Nosirov — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston qishloq xujaligi Fanlar akademiyasi akademik (1992), iqtisod fanlari doktori (1987), professor (1991);
  • Poʻlatjon Qayyumov — maʼrifatparvar pedagog, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1942);
  • Poʻlatjon Sultonov — geolog olim, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi (1991), dotsent (1999), geologiya-mineralogiya fanlari doktori (2017), professor (2020);
  • Poʻlatxoʻja Xoldorxonov — oʻzbekistonlik futbolchi.

Familiyalar

  • Poʻlatov
  • Poʻlatova

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, poʻlatxoʻja haqida ma’lumot. poʻlatxoʻja nima? poʻlatxoʻja nimani anglatadi?

Yuqori