Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Petrozavodsk — Kareliyadagi shahar (1777-yildan). Kareliya Respublikasi poytaxti. Temir yoʻl tuguni. Onega koʻlidagi port. Aholisi 282,3 ming kishi (1998). Petr

Petrozavodsk

Petrozavodsk — Kareliyadagi shahar (1777-yildan). Kareliya Respublikasi poytaxti. Temir yoʻl tuguni. Onega koʻlidagi port. Aholisi 282,3 ming kishi (1998). Petrozavodsk Kareliyaning muhim sanoat markazi (respublika yalpi sanoat mahsulotining 1/4 qismini beradi). Asosiy sanoat tarmoqpari: mashinasozlik va metallsozlik. "Petrozavodskbummash", Onega traktor, stanoksozlik, kemasozlik, radio zavodlari, uysozlik va taxta tilishmebel kombinatlari, slyuda fabrikasi bor. Yengil, oziq-ovqat (shu jumladan, baliq) sanoatlari mavjud. Petrozavodskda Rossiya Fanlar akademiyasining Kareliya filiali, Petrozavodsk instituti, pedagogika institut, 4 teatr, oʻlkashunoslik va tasviriy sanʼat muzeylari ishlab turibdi. Petrozavodskga 1703-yilda asos solingan. Ikkinchi jahon urushi davrida vayron boʻlgan Petrozavodsk qayta qurildi. Shaharda klassitsizm uslubida qurilgan 18-asrga oid binolar ansambli saqlangan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, petrozavodsk haqida ma’lumot. petrozavodsk nima? petrozavodsk nimani anglatadi?

Yuqori