Oʻzbekiston Sovet Sotsialistlik Respublikasi Kommunistik Partiyasi (OʻzSSR KP, Oʻzbekiston Kompartiyasi) – kommunistik partiya, Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining (KPSS) Oʻzbekiston SSR hududidagi boʻlimi. 1925-yil 13-maydan 1991-yil 3-sentyabrgacha respublikada hukmron va yagona qonuniy partiya boʻlgan. 1991-yil 14-sentyabrda partiya KPSS safidan chiqqan.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistlik Respublikasi Kommunistik Partiyasi | |
|---|---|
![]() | |
| Qisqartma | Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi OʻzSSR KP Oʻzbekiston Kompartiyasi |
| Tashkil etilgan | 1925-yil 12-fevral |
| Tugatilgan sana | 1991-yil 1-noyabr |
| Voris partiya | Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi |
| Shtab kvartiralari | Hukumat uyi, Vladimir Lenin nomidagi maydon, Toshkent |
| Gazetasi | Sovet Oʻzbekistoni Pravda Vostoka Haqiqati Oʻzbekiston |
| Yoshlar qanoti | Oʻzbekiston LKSM va Oʻzbekiston Pionerlar tashkiloti |
| Ideologiyasi | kommunizm, sotsializm, marksizm-leninizm, ateizm, antiklerikalizm, proletar internatsionalizmi, antifashizm, antiamerikanizm, antiatlantizm |
| Xalqaro mansublik | kommunistik partiya |
| Shiori | „Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“ (ruscha: „Пролетарии всех стран, соединяйтесь!“ |
| Madhiyasi | Sovet Ittifoqi va Oʻzbekiston SSR madhiyasi |
| Ittifoqchilari | KPSS va ittifoqdagi respublikalarning kommunistik partiyalari |
![]() | |
Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Buxoro SSR Kommunistik partiyasi, Xorazm SSR Kommunistik partiyasi va Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Kommunistik partiyasining vorisi hisoblangan. 1994-yilda tuzilgan Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi oʻzini Oʻzbekiston Kompartiyasining vorisi deb hisoblasa-da, rasman Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasining vorisidir.
Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasining Birinchi kotiblari
| No. | Tasvir | Ismi, familiyasi (tugʻilgan va vafot sanasi) | Boshlanish davri | Tugash davri | Siyosiy partiyasi |
|---|---|---|---|---|---|
| Birinchi kotib | |||||
| 1 | Vladimir Ivanov (1893–1938) | 1925-yil 12-fevral | 1927-yil 21-sentyabr | KPSS | |
| 2 | Kupriyan Kirkij (1886–1932) | 1927 | 1929-yil aprel | KPSS] | |
| 3 | Nikolay Gikalo (1897–1938) | 1929-yil | 1929-yil 11-iyun | KPSS | |
| 4 | Isaak Zelenskiy (1890–1938) | 1929-yil iyun | 1929-yil dekbar | KPSS | |
| 5 | Akmal Ikromov (1898–1938) | 1929-yil dekabr | 1937-yil 21-sentyabr | KPSS | |
| 6 | Usmon Yusupov (1901–1966) | 1937-yil 27-sentyabr | 1950-yil 7-aprel | KPSS | |
| 7 | Amin Niyozov (1903–1973) | 1950-yil 7-aprel | 1955-yil 22-dekabr | KPSS | |
| 8 | Nuriddin Muhiddinov (1917–2008) | 1955-yil 22-dekabr | 1957-yil 28-dekabr | KPSS | |
| 9 | Sobir Kamolov (1910–1990) | 1957-yil 28-dekabr | 1959-yil 15-mart | KPSS | |
| 10 | Sharof Rashidov (1917–1983) | 1959-yil 15-mart | 1983-yil 31-oktyabr | KPSS | |
| 11 | Inomjon Usmonxoʻjayev (1932–2017) | 1983-yil 3-noyabr | 1988-yil 12-yanvr | KPSS | |
| 12 | Rafiq Nishonov (1927–2023) | 1988-yil 12-yanvr | 1989-yil 23-iyun | KPSS | |
| 13 | Islom Karimov (1938–2016) | 1989-yil 23-iyun | 1991-yil 3-noyabr | KPSS | |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, oʻzbekiston kompartiyasi haqida ma’lumot. oʻzbekiston kompartiyasi nima? oʻzbekiston kompartiyasi nimani anglatadi?

