Oʻtkir Hoshimov (1941-yil 5-avgust, Toshkent – 2013-yil 24-may, Toshkent) – oʻzbekistonlik yozuvchi va jamoat arbobi. Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. Oʻzbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi (1991).
| Oʻtkir Hoshimov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 5-avgust 1941-yil Toshkent shahri, Do'mbirobod mahallasi |
| Vafoti | 24-may 2013-yil (71 yoshda) Toshkent shahri |
| Ijod qilgan tillari | o'zbek |
| Fuqaroligi | SSSR va O'zbekiston |
| Alma mater | Toshkent davlat universiteti |
| Janr | Nasr |
| Mukofotlari | |
| Turmush oʻrtogʻi | Oʻlmasxon Hoshimova |
Hayoti
Oʻtkir Hoshimov 1941-yilning 5-avgustda Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Do'mbirobod mahallasida tugʻilgan.
Asarlari
Pyesalar
- „Toʻylar muborak“
- „Sizdan ugina, bizdan bugina“
- „Vijdon dorisi“
- „Inson sadoqati“
- „Qatagʻon“
Ocherklar
- „Po‘lat chavandozlar“ (toʻplam. 1962-yil)
Qissalar
- „Cho‘l havosi“ (1964-yil)
- „Bahor qaytmaydi“ (1970-yil)
- „Qalbingga quloq sol“ (1973-yil)
- „Ikki karra ikki-besh“ (1987-yil)
- "Dunyoning ishlari"
Hikoyalar
- „Urushning soʻnggi qurboni“
- „Yanga“
- „Muhabbat“
- „Dehqonning bir kuni“
- „Umr savdosi“
- „Quyosh tarozisi“
- „Oq bulut, oppoq bulut“
Romanlar
- „Nur borki, soya bor“ (1976-yil),
- „Ikki eshik orasi“ (1985-yil),
- „Tushda kechgan umrlar“ (1993-yil)
Ssenariylar
- „Xazon boʻlgan bahor“
- „Inson sadoqati“ (1975-yil)
- „Vijdon dorisi“
- „Toʻylar muborak“ (1979-yil)
- „Qatagʻon“
Oʻtkir Hoshimovning 40 yil davomida yozilgan „Daftar hoshiyasidagi bitiklar“ nomli hikmatlar toʻplami 2001-yilda chop etilgan.
Ekranlashtirish
Oʻtkir hoshimovning „Bahor qaytmaydi“ qissasi asosida 1972-yilda shu nomli film suratga olingan.
Mukofotlari
„Ikki eshik orasi“ romani uchun 1986-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. 1997-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan.
Ernest Hemingway, Konstantin Simonov, Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Tanqidlar
1990-yilda Oʻtkir Hoshimov oʻzi bosh muharrir boʻlgan „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼonning ilk oʻzbekcha tarjimasini chop ettirgan. Toshkentdagi „Ateizm uyi“ kabi idora vakillari Qurʼon suralarida milliy kamsitish elementlari bor¸ deya „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼon tarjimasini chop etilishini toʻxtatishga urinishgan[manba kerak].
Vafoti
Oʻtkir Hoshimov 2013-yil, 24-may kuni, 71 yoshida vafot etgan. Toshkentning Doʻmbirobod masjididagi juma namozidan keyin dafn etilgan.
Xotirasi
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa jamoatchilik vakillarining tashabbusi bilan 2021-yilda Oʻtkir Hoshimov tavalludining 80 yilligi nishonlangan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, oʻtkir hoshimov haqida ma’lumot. oʻtkir hoshimov nima? oʻtkir hoshimov nimani anglatadi?
