Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Aktam Ahmadovich Haitov (1974-yil 26-yanvar, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani) — oʻzbek siyosatchisi, 2018-yil 3-avgustdan Oʻzbekiston liberal-demokratik part

Oʻktam Haitov

Aktam Ahmadovich Haitov (1974-yil 26-yanvar, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani) — oʻzbek siyosatchisi, 2018-yil 3-avgustdan Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi yetakchisi, 2019-yil dekabridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Iqtisod fanlari nomzodi.

Aktam Haiytov
 Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi yetakchisi
Mansab davri
2018-yildan
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Yoqubov
 O'zbekiston mehnat vaziri
Mansab davri
2017-yildan – 2018-yilgacha
Oʻtmishdoshi Aziz Abduhakimov
Vorisi Sherzod Qudbiyev
 Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri
Mansab davri
2006-yildan – 2014-yilgacha
Oʻtmishdoshi Oqiljon Obidov
Vorisi Aziz Abduhakimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-mart 1974-yil (1974-03-12) (51 yosh)
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani
Siyosiy partiyasi OʻzLiDeP
Otasi Ahmad Xaitov
Unvoni Mehnat shuhrati ordeni

Tarjimai hol

Taʼlim

1994-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini „Iqtisodiyot va menejment“ mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.

Mehnat faoliyati

1994—2000-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis institutida, shuningdek, Samarqand viloyati hokimligi axborot-tahlil guruhida ishlagan. 2000—2002-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil boʻlimi yetakchi mutaxassisi, 2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar yigʻma axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi, 2005-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 2005—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, 2006—2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, 2014—2016-yillarda „Biokimyo“ AJ Boshqaruv raisi oʻrinbosari, 2016—2017-yillarda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori, 2017—2018-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimlarida ishlagan.
2018-yil 3-avgustda Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining oʻninchi yigʻilishida partiya rahbari (siyosiy kengash ijroiya qoʻmitasi raisi) etib saylandi. Shuningdek, u Oʻzbekiston fermerlar, dehqon xoʻjaliklari va yer egalari kengashi kengashining raisi.
2019-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, spiker oʻrinbosari lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Tanqidlar

2019-yilgi Oliy Majlis deputatligi uchun saylov kompaniyasi davrida Aktam Hayitovning „koʻp goʻsht yeyapmiz“ mazmunidagi gaplari koʻplab memlar va muhokamalarga sabab boʻlgan edi.

Go‘sht narxi nega qimmatlab ketyapti deb o‘ylaysizlar? To‘g‘ri, ozuqa yetishmasligi birinchi sabab, ikkinchidan, bugun biz juda ko‘p go‘sht iste'mol qilyapmiz. Shunchalik ko‘p go‘sht yemoqdamizki, buning natijasida ko‘pgina kasalliklar paydo bo‘lyapti...

— Aktam Hayitov,

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, oʻktam haitov haqida ma’lumot. oʻktam haitov nima? oʻktam haitov nimani anglatadi?

Yuqori