„Nasoyim ul-muhabbat“ („Sevgi shabadalari“) – Alisher Navoiy asari. 1495—1496-yillarda Abdurahmon Jomiyning „Nafohat ul-uns“ asari taʼsirida yozilgan. Jomiy asariga tanqidiy qaragan Navoiy „burungʻi zamondagʻi mashoyixdin barchasining zikrin qilmaydurlar va oʻz muosirlarining koʻpini, oʻzlarin ham bitmaydurlar“ der ekan, asarda Jomiy, Lutfiy, Ashraf Muflisiy, Shayx Sanʼon, Nosir Hisrav, Nasimiy va shular qatori Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirgʻoniy kabi „turk mashoyixlari“ haqida maʼlumot beradi. Navoiy asarda ilova qilingan shaxslarning faqat sufiyona qarashlarinigina yoritmasdan, adabiyot va jamiyatdagi oʻrnini belgilashga ham katta eʼtibor bergan. „Nasoyim ul-muhabbat“ Navoiyning didaktik qarashlari, tarjimonlik va tadqiqotchilik faoliyati hamda estetik qarashlarini oʻrganish uchun muhimdir. „Nasoyim ul-muhabbat“ning baʼzi nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi (inv. № 3415, 857 3420, 8514, 1825).
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, nasoyim ul-muhabbat haqida ma’lumot. nasoyim ul-muhabbat nima? nasoyim ul-muhabbat nimani anglatadi?