Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Naftali Bennett (1972-yil 25-martda tugʻilgan) isroillik siyosatchi, 13-iyun 2021-yildan buyon Isroilning 13- hamda amaldagi bosh vaziridir. U 2013-yildan 2019-

Naftali Bennett

Naftali Bennett (1972-yil 25-martda tugʻilgan) isroillik siyosatchi, 13-iyun 2021-yildan buyon Isroilning 13- hamda amaldagi bosh vaziridir. U 2013-yildan 2019-yilgacha diasporalar ishlari vaziri, 2015-yildan 2019-yilgacha taʼlim vaziri va 2019-yildan 2020-yilgacha mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. Yangi oʻnglar partiyasini 2018-yildan beri boshqarib kelmoqda, ilgari 2012-yildan 2018-yilgacha Yahudiylar uyi partiyasini boshqargan.

Naftali Bennett
Isroil Bosh vaziri
Mansab davri
2021-yil 13-iyun(2021-06-13)
Prezident Reuven Rivlin
Isaac Herzog
Oʻtmishdoshi Benjamin Netanyahu
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-mart 1972-yil (1972-03-25) (53 yosh)
Hayfa
Imzosi

Bennett Hayfada tugʻilib oʻsgan boʻlib, uning ota-onasi AQShdan koʻchib kelishgan. U Isroil mudofaa kuchlarining Sayeret Matkal va Maglan maxsus boʻlinmalarida xizmat qilib, koʻplab jangovar operatsiyalarga rahbarlik qilgan, keyinchalik esa dasturiy taʼminot sohasidagi tadbirkorga aylangan. U, shuningdek, 1999-yilda asos solingan firibgarlikka qarshi kurashuvchi AQShning Cyota shirkati hamasoschisi va hamegasi boʻlib, bu shirkat asosan onlayn bank va elektron tijorat firibgarligi va fishingga qarshi kurashish bilan shugʻullanadi. Bu shirkat 2005-yilda $145 millionga sotilgan. Shuningdek, u 2013-yilda $100-130 millionga sotilgan Isroilning bulutli hisoblash xizmati sanalmish Soluto shirkatining bosh ijrochi direktori (BII) sifatida ham faoliyat yuritgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, naftali bennett haqida ma’lumot. naftali bennett nima? naftali bennett nimani anglatadi?

Yuqori