Mulla Abdulqahhor, Qahhorbek (1884, Gʻijduvon tumanidagi Saidkent qishlogʻi — 1924, Qizilqum) — Buxoroda Qizil armiyaga qarshi harakat rahbarlaridan biri, yirik ulamo. Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil olgan. Buxoro bosqinidan soʻng, sobiq hukmdor Sayd Olimxonning farmoni bilan Mulla Abdulqahhor Gʻarbiy Buxorodagi 15000 nafar askarga Bosh qoʻmondon qilib tayinlandi (1920-yil kuzi). Uning rahbarligida Buxoro, Karmana, Nurotadagi 20 dan ortiq qoʻrboshi guruxlari birlashtirildi.
| Mulla Abdulqahhor | |
|---|---|
| Tavalludi | 1884-yil |
| Vafoti | 1924-yil |
1921-yilda Mulla Abdulqahhor Gʻijduvon, Shofirkon, Vobkent, Romitanda oʻz hokimiyatini oʻrnatgach, Nurota viloyatiga yurish qildi. Oʻz qarorgohini Nurotada joylashtirgach, bu yerdan atrofdagi tumanlarga o’z vakillarini joʻnatib, aholini qizil askarlarga qarshi kurashga koʻtardi. Sayd Olimxonning yozishicha, bu paytda uning qoʻl ostida 25000 yigit toʻplangan. Mulla Abdulqahhor Buxoroga yurish qilib uning bir qismini egalladi, Bahouddin Naqshband ziyoratgohini qizil askarlardan ozod qildi (1922-yil mart). Biroq, Turkiston fronti jangchilari, Zakaspiydan yetib kelgan S. M. Budyonniynnng otliq armiyasi va qizil askarlarning boshqa kuchlari Mulla Abdulqahhor qoʻshinini Buxorodan siqib chiqardi. Bu magʻlubiyatdan soʻng u 1923— 24-yillarda oʻz harakatlarini Karmana va Nurota viloyatlarida yana faollashtirdi. Mulla Abdulqahhor bilan Ibrohimbek va Sayd Olimxon oʻrtasida doimiy aloqalar boʻlgan. Mulla Abdulqahhor va Sayd Aʼzam Xoʻja imzolari bilan „Buxoro, Turkiston va Kavkazning barcha musulmonlariga“ murojaatnoma chiqarilgan (1924-yil mart). Qizil askarlar bilan boʻlgan toʻqnashuvlarning birida (1924.21.6) u ogʻir yarador boʻldi va magʻlubiyatga uchradi. 1924-yil yozi va kuzida Gʻijduvon tumanining Gʻishti va Katta Gʻamxoʻr qishloqlarida, Nurota togʻlarida, Shofirkon tumaniga tutash Qizilqumning Jilvon qumliklarida qattiq toʻqnashuvlar boʻldi. Qizilqumda boʻlgan ana shunday janglarning birida Mulla Abdulqahhor halok boʻldi.
Yana qarang
- Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat
Adabiyot
- Amir Sayyid Olimxon, Buxoro xalqining hasrati tarixi, T., 1991; Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob [Oʻzbekiyeton sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Rajabov Q., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.
Qahramon Rajabov.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, mulla abdulqahhor haqida ma’lumot. mulla abdulqahhor nima? mulla abdulqahhor nimani anglatadi?