MORTILYE (Mortillet) Gabriyel (1821.29.8, Melan - 1898.25.9, SenJermen-an-Le) — fransuz arxeologi. 1868—85 yillarda Sen-Jermen muzeyida qad. davr boʻlimining xodimi va boshligʻi. Tosh qurollarning shakli, vazifasi va geologik sanasiga qarab, paleolit madaniyati rivojlanishining bir necha bosqichga boʻlinishini koʻrsatgan va xronologik tasnifini ishlab chiqqan. U Ch. Darvin tarafdori, evolyusionist boʻlgan. Biroqhayvon vaoʻsimliklar dunyosining rivojlanish qonunlarini ibtidoiy jamiyat va moddiy madaniyat predmetlarining shakllari rivojiga tatbiq etish mumkin deb xatoga yoʻl qoʻygan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, mortilye gabriyel haqida ma’lumot. mortilye gabriyel nima? mortilye gabriyel nimani anglatadi?