Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Montserrat (inglizcha: Montserrat) – Kichik Antil orollari arxipelagiga kiruvchi xuddi shu nomdagi orolda joylashgan Buyuk Britaniyaning dengizorti hududi.

Montserrat

Montserrat (inglizcha: Montserrat) – Kichik Antil orollari arxipelagiga kiruvchi xuddi shu nomdagi orolda joylashgan Buyuk Britaniyaning dengizorti hududi.

Montserrat
inglizcha: Montserrat
Britaniyaning dengizorti hududi
Montserrat bayrogʻi
Bayroq
Gerb of Montserrat
Gerb
Shior: "A people of excellence, moulded by nature, nurtured by God"
("Tabiat yo‘naltirgan, Xudo tarbiyalagan, ulug‘vor bir xalq")
Madhiya: "God Save the King"
Location of Montserrat
Poytaxt • Plimut (de-yure)
• Breyds (de-fakto)
• Litl-Bey (qurilish ishlari olib borilmoqda)
Eng katta shahar Breyds
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Etnoxoronim(lar) Montserratliklar
Hukumat Konstitutsiyaviy monarxiya ostidagi
parlamentga qaram hudud
• Monarx
Charles III
Harriyet Kross
Ruben Mid
• Vazir
Stiven Douti
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Qonunchilik Assambleyasi
Suveren davlat (Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik)
• Ingliz manzilgohi
1632-yil
• Parij shartnomasi
1783-yil 3-sentyabr
• Federatsiya
1958-yil 3-yanvar
• Alohida koloniya
1962-yil 31-may
Maydon
• Butun
102 km2
• Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
• 2022-yilgi roʻyxat
4,390 kishi (194-oʻrin)
• Zichlik 46/km2
YIM (XQT) 2014-yil roʻyxati
• Butun
$63 million
• Jon boshiga
$12,384
YIM (nominal) 2019-yil roʻyxati
• Butun
$181,680,000
Pul birligi Sharqiy Karib dollari (XCD)
Vaqt mintaqasi UTC-4:00 (AST)
Avtomobil harakati Chapga
Telefon prefiksi +1 664
ISO 3166 kodi MS
Internet domeni .ms

Boshqaruv shakli

Konstitutsiyaviy monarxiya. Britaniyaning dengizorti hududi.

1960-yildagi Konstitutsiyaga koʻra mamlakatni Buyuk Britaniya qiroli tayinlaydigan gubernator boshqaradi. Gubernator Ijroiya kengashi raisi hisoblanadi.

Mahalliy hukumati — Ijroiya kengashi boʻlib, gubernator, bosh vazir, uchta vazir, bosh prokuror va gʻaznachilikdan iborat.

Mahalliy parlament — Qonunchilik kengashi 5 yil muddatga saylanadigan 9 aʼzo va lavozimi boʻyicha kiradigan bosh prokuror va gʻaznachilik rahbaridan tarkib topadi.

Oʻzgarishlar va farovonlik harakati, Yangi xalq ozodlik harakati, Montserrat Xalq demokratik partiyasi siyosiy kuchlaridir.

Boʻlinishi va aholisi

Uchta maʼmuriy birlikka boʻlinadi. Sent-Antoni (janubiy mintaqa), Sent-Jorjes (markaziy mintaqa), Sent-Peter (shimoliy mintaqa)ga ajratiladi.

Maʼmuriy markazi Plimut hisoblansa-da, vulqon otilgani sababli vaqtinchalik Breyds qishlogʻiga koʻchirilgan. Rasmiy tili — ingliz tili. Nasroniylikka eʼtiqod qilinadi.

1995-yildagi vulqon faolligi tufayli orolni 8 ming kishi tark etgan. Hozirga qadar orolning janubiy yarmi aholi uchun yopiq.

Joylashuvi va tabiati

Karib dengizida Kichik Antil orollari arxipelagiga kiruvchi shu nomdagi orol. Puerto-Rikoning janubi-sharqida, Antiguaning janubi-gʻarbida joylashgan. Shimolda dengiz orqali Nevis va janubda Gvadelupa bilan chegaradosh.

Montserrat orollari vulqonlardan kelib chiqqan. Uchta vulqon tepaligining eng balandi — Chans Mauntin (915 metr). 1995 va 2006-yillarda Sufriyer-Hils vulqoni otilgach, uning lava gumbazi 930 metrgacha yetdi. Harakatdagi vulqonlar istagan vaqtda otilishi mumkinligi sababli aholi unga yaqin joylardan toʻliq koʻchirilgan. Iqlimi subekvatorial passatli.

Togʻlarda nam tropik oʻrmonlar bor. Ob-havosi odamlar hayoti uchun qulay boʻlib, okeandan esgan shamollar issiq taftini kesadi. Yil davomida oʻrtacha harorat +24...27°C atrofida boʻladi. Yiliga oʻrtacha 1500 mm yogʻin yogʻadi.

Tarixi

Qadimdan orolda hindu-kariblar istiqomat qilishgan. Orolni 1493-yili Kolumb ochgan va uni Kataloniya togʻidagi Montserrat monastiri sharafiga qoʻygan.

1632-yili ilk ingliz manzilgohlari paydo boʻldi. Keyingi davrda shakarqamish plantatsiyalarida ishlash uchun qora tanli qullar keltirildi. XVII—XVIII asrlarda Angliya va Fransiya orolga egalik qilish boʻyicha jiddiy raqobatga kirishdi. 1783-yili uzil-kesil Buyuk Britaniya mulkiga aylandi.

XIX asrda shakar narxi tushib ketishi orol iqtisodiyotini butkul barbod etdi. Bu yerda laym daraxti ekilib, dunyoga mashhur Montserrat sonini olish boshlandi.

1871—1958-yillarda Montserrat Britaniyaning mustamlakasi, 1958—1962-yillarda Gʻarbiy Hindiston federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1962-yilda orol alohida nomdagi mustamlaka boʻlib chiqdi.

Montserrat Sharqiy-Karib davlatlari tashkiloti va Mintaqaviy xavfsizlik tizimiga kiradi.

Iqtisodiyoti

Turizm iqtisodiyotining bosh tarmogʻidir. Rom, limon sharbati, tekstil, elektron qurilmalar yigʻish rivojlangan. Shakarqamish, paxta, sitrus mevalar, banan, mango, avokado, kokos, sabzavotlar yetishtiriladi. Qoramollar eksport uchun boqiladi.

Adabiyotlar

  • Laziz Rahmatov. «Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha». Toshkent, 2019-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, montserrat haqida ma’lumot. montserrat nima? montserrat nimani anglatadi?

Yuqori