Meningokokk (yun meninx, raeningos — miya qobigʻi va kokkos — don) — epidemik serebrospinal meningit kasalligini qoʻzgʻatuvchi mikroorganizm; kokklarga kiradi, juft sharsimon (diplokokk) koʻrinishda boʻladi. M.lar Neisseriaceae oilasi Neisseria urugʻiga mansub. M.ning (Neisseria meningitidis) sof kulturasini avstriyalik olim A. Vekselbaum 1887-yil meningit bilan ogʻrigan bemorning orqa miya suyuqligidan ajratib olgan. M.lar tashqi muhit va dezinfeksiyalovchi eritmalar taʼsiriga chidamsiz. Tabiiy sharoitda M.larga hayvonlar chidamli. M.ning, asosan, A va V guruhlari koʻp uchraydi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, meningokokk haqida ma’lumot. meningokokk nima? meningokokk nimani anglatadi?