Matvey Fedorovich Kazakov [1738, Moskva – 1812.26.10 (7.11), Ryazan] — rus meʼmori. 18-asr rus meʼmorligida klassitsizm asoschilaridan biri. Kazakov ishlarida keng shahar qurilishining oqilona planli yechimi bilan meʼmoriy shaklning kjsakligi garmonik uygʻunlashgan. Jamoat binolari va turar joy turlarini, 18-asr oxiri va 19-asr boshlaridagi Moskvaning katta shahar boʻshligʻi va koʻlamidagi qurilish xususiyatini ishlab chiqqan (Kremldagi senat, 1776–87; universitet binosi, 1786–93; Demidov, 1779–91 va Gubina, 1790-yillar uyqoʻrgʻonlari va boshqalar.) Moskva bosh planini tuzishda rahbarlik qilgan. Meʼmoriy maktab tashkil qilgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, matvey kazakov haqida ma’lumot. matvey kazakov nima? matvey kazakov nimani anglatadi?