Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Marko Polo (italyancha: Marco Polo; 1254 yil 15 sentyabr, Venesiya — 1324 yil 8 yanvar, Venesiya) — italiyalik sayyoh va yozuvchi. M. P. 1271—75 yillarda venets

Marko Polo

Marko Polo (italyancha: Marco Polo; 1254 yil 15 sentyabr, Venesiya — 1324 yil 8 yanvar, Venesiya) — italiyalik sayyoh va yozuvchi. M. P. 1271—75 yillarda venetsiyalik savdogarlar bilan birga kemada Kichik Osiyo yarim orolning jan.-sha-rqiy sohillariga, u yerdan Bagʻdod, Basra, Tabriz va Kermonga kelgan, soʻngra Balx, Qashqar, Xotan, Kampichu (Gan-chjou) shaharlari va Gobi choʻlini kesib oʻtib Qoraqurumga yetib borgan. M. P. Xitoyda 17 yil yashagan, Xubilayxon saroyida 1292-yilgacha uning xizmatida boʻlgan. U mamlakatning turli viloyatlarini borib koʻrgan. M. P. Xonbaliq (Pekin) shahridan myanmaliklarning ilk davlati Paganning 11 —13-asrlardan poytaxti boʻlgan Pagan shahriga (mamlakat markazida) sayohat qilib, yana orqaga qaytgan. Soʻngra Janubiy Xitoy dengizi, Bengaliya qoʻltigʻi, Arabiston dengizi, Eron orqali 1295-yil vataniga qaytib borgan.

Marko Polo
italyancha: Marco Polo
Tavalludi 1254 yil 15 sentyabr
Venesiya, Venetsiya Respublikasi
Vafoti 1324 yil 8 yanvar
Venesiya, Venetsiya Respublikasi
Fuqaroligi Venetsiya Respublikasi
Otasi Niccolò Polo
Marko Polo kitobi
yoʻnalish

Rustichano bilan birga "Marko Polo kitobi"ni (1298) yozib qoldirgan. Bu asar Kavkaz xalq^ari, Eron, Xitoy, Mongoliya, Hindiston, Indoneziya va boshqa mamlakatlar geografiyasi, etnografiyasi va tarixi haqida muhim maʼlumotlar beradi; shuningdek, unda xalq udumlari, rivoyatlar, ertaklar ham bor. Boshqa Yevropa tillariga tarjima qilingan bu kitob 14—16-asrlarda yashagan dengizchilar, yozuvchilar va haritashunoslar (jumladan X. Kolumb va L. Ariosto)ga taʼsiri katta boʻlgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, marko polo haqida ma’lumot. marko polo nima? marko polo nimani anglatadi?

Yuqori