Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Manipulyatsiya — bu oʻz manfaati yoʻlida boshqalardan foydalanish, ularni boshqarish orqali ularga taʼsir koʻrsatish. Haddan oshiq manipulyatsiya — bu axloqiy t

Manipulyatsiya

Manipulyatsiya — bu oʻz manfaati yoʻlida boshqalardan foydalanish, ularni boshqarish orqali ularga taʼsir koʻrsatish. Haddan oshiq manipulyatsiya — bu axloqiy tamoyillarni hurmat qilmaydigan, aldaydigan va boshqalarning zaifligi va ishonuvchanligidan foydalanadigan nayrangchilar, firibgarlar va yolgʻonchilarning hiylasidir. Eng kamida manipulyatsiya boshqalarning hisobidan nazorat oʻrnatish, foyda olish yoki imtiyozlarni qoʻlga kiritish uchun oʻtkaziladigan taʼsirdir.

Manipulyatsiya oddiy taʼsir oʻtkazish va ishontirishdan farq qiladi. Taʼsir oʻtkazish odatda zararsiz deb hisoblanadi, chunki u taʼsir oʻtkazilayotgan shaxsni taʼsirni qabul qilish yoki qilmaslik huquqini hurmat qiladi va ortiqcha majburlamaydi. Ishontirish — bu boshqalarni odatda maʼlum bir maqsad zamirida istalgan hatti-harakat tomon yoʻnaltira olishlik qobiliyatidir. Taʼsir oʻtkazish va ishontirish na salbiy va na ijobiydir.

Manipulyatorlarning belgi-xususiyatlari

Manipulyatsiya uchun motivatsiya oʻz-oʻziga xizmat qilish yoki boshqalarga yordam berish yoki foyda keltirish boʻlishi mumkin. Anti-ijtimoiy manipulyatsiya — bu „boshqalarning hisobidan oʻzining shaxsiy maqsadlari yoki manfaatlariga yetishish uchun foydalanish koʻnikmalarini ishlatishdir“, ijtimoiy xulq-atvor esa „boshqa shaxs yoki shaxslar guruhiga yordam berish yoki foyda keltirish uchun moʻljallangan ixtiyoriy harakat“.

Hissiy manipulyatsiyani oldindan aytib beruvchi omillarni tadqiq etish shuni koʻrsatadiki, hissiy manipulyatsiya ortidagi mexanizmlari jinsga qarab farqlanadi:

„Erkaklar uchun yuqori darajadagi hissiy intellekt, ijtimoiy maʼlumotlarni qayta ishlash, bilvosita tajovuzkorlik va oʻz manfaati yoʻlidagi kognitiv buzilishlar hissiy manipulyatsiyani sezilarli darajada bashorat qilgan“.

„Ayollar uchun esa yoshroq boʻlish, hissiy intellektning yuqori darajasi, bilvosita tajovuzkorlik, birlamchi psixopatik belgilar va past darajadagi ijtimoiy ogohlik hissiy manipulyatsiyani sezilarli darajada bashorat qilgan. Biroq, ayollar uchun hissiy intellekt bostiruvchi sifatida hizmat qilgan“.

Manipulyatorlar odatda quyidagi zaifliklardan foydalanadilar:

Zaiflik Tavsif
Soddalik yoki gʻoʻrlik Baʼzi odamlar ayyor, makkor, shafqatsiz boʻlishi mumkinligini qabul qilishi qiyin boʻlgan yoki ulardan foydalanganlarida buni, „tan olmaydigan“ odamlar.
Ortiqcha rozilik berish Boshqalarning aybsiz ekanligiga ishonishga va ularni oʻrniga oʻzini qoʻyib koʻrishga hayrixoh boʻlgan odamlar.
Oʻziga past baho berish Oʻziga shubha bilan qarashdan, oʻziga boʻlgan ishonch va qatʼiyatning yetishmasligidan qiynaladigan va oʻz-oʻzini himoya qilishga juda oson oʻtadigan odamlar.
Ortiqcha intellektualizatsiyalash Manipulyatsiya qiladiganlarni oʻziga yarasha sabablari bor deb ishonuvchi va ularni tushunishga urinuvchi odamlar.
Hissiy qaramlik Boʻysunuvchanlik yoki tobelik shaxsiyatiga ega boʻlgan odamlar. Odam qanchalik koʻp hissiy jihatdan qaram boʻlsa, u shunchalik oson ekspluatatsiya va manipulyatsiya qilish mumkin.
Ochkoʻzlik Ochkoʻz va egri odamlarni osonlik bilan axloqsiz yoʻl tutishga koʻndirish mumkin.

Manipulyatsiya va ruhiy kasalliklar

Shaxsiyat chegarasi buzilishi oʻziga xos guruhlashga ega masalan, „chegara“ manipulyatsiyasi qasddan boʻlmagan va disfunktdional manipulyatsiya sifatida tavsiflanadi. Marsha M. Linehanning taʼkidlashicha, shaxsiyat chegarasi buzilishi boʻlgan odamlar koʻpincha manipulyatsiya qilishda asli manipulyativ boʻlmagan xatti-harakatlarni namoyon qiladilar. Linehanga koʻra, bular koʻpincha kuchli ogʻriqning oʻylanmay qilingan xatti-harakatidir va koʻpincha atayin qilinmagani uchun haqiqiy manipulyativ hisoblanmaydi . DSM-V da manipulyatsiya shaxsiyat chegarasi buzilishining belgilovchi xususiyat sifatida olib tashlandi.

Klinik baholash

Hissiy manipulyatsiya shkalasi - manipulyatsiya qilishda shaxslar tomonidan qoʻllaniladigan usullarni tavsiflash uchun oʻnta bandli shkaladan foydalanadi.

Boshqalarning his-tuygʻularini boshqarish shkalasi — boshqalarning his-tuygʻularini oʻzgartirish qobiliyatini oʻlchaydi. Sinov olti toifani aniqlaydi: kayfiyat (yoki hissiy holat) koʻtarilishi, kayfiyatning tushishi, his-tuygʻularni yashirish, soxtalik qobiliyati, his-tuygʻularning yetishmasligi va kayfiyatni yaxshilash uchun chalgʻitishdan foydalanish. Kayfiyatni tushirish va chalgʻitish toifalari manipulyativ xatti-harakat qobiliyati va moyilligini aniqlash uchun ishlatilib kelinadi. 

Qoʻshimcha oʻqish uchun adabiyotlar

Kitoblar ingliz tilida

  • Barber, Brian K. Intrusive Parenting: How Psychological Control Affects Children and Adolescents (2001)
  • Bowman, Robert P.; Cooper, Kathy; Miles, Ron; & Carr, Tom. Innovative Strategies for Unlocking Difficult Children: Attention Seekers, Manipulative Students, Apathetic Students, Hostile Students (1998)
  • McMillan, Dina L. But He Says He Loves Me: How to Avoid Being Trapped in a Manipulative Relationship (2008)
  • Sasson, Janet Edgette. Stop Negotiating With Your Teen: Strategies for Parenting Your Angry, Manipulative, Moody, or Depressed Adolescent (2002)
  • Stern, Robin. The Gaslight Effect: How to Spot and Survive the Hidden Manipulation Others Use to Control Your Life (2007)
  • Swihart, Ernest W. Jr. & Cotter, Patrick. The Manipulative Child: How to Regain Control and Raise Resilient, Resourceful, and Independent Kids (1998)

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, manipulyatsiya haqida ma’lumot. manipulyatsiya nima? manipulyatsiya nimani anglatadi?

Yuqori