Mahfuza Bobotillayeva (16-oktyabr 1961-yil; Toshkent shahri, OʻzSSR) — oʻzbek kino va teatr aktrisasi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist.
| Mahfuza Bobotillayeva | |
|---|---|
| Tavalludi | Bobotillayeva Mahfuza Ubaydullayevna 16-oktyabr 1961-yil Toshkent, OʻzSSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Aktrisa |
| Otasi | Ubaydulla Abdulayevich Bobotillayev |
| Onasi | Latifa Bobotillayeva |
| Mukofotlari | |
Hayoti
Bobotillayeva Mahfuza Ubaydullayevna 1961-yilning 16-oktyabrida Toshkent shahrining Yakkasaroy mahallasida oʻqituvchilar oilasida tavallud topgan. Otasi Ubaydulla Bobotillayev boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib, uning kino sanʼatiga qiziqishiga otasi sabab boʻlgan. Onasi Latifa Bobotillayeva. Aktrisa dastlab, taʼlimi rus tilida olib boriladian oʻrta maktabida oʻqigan, undan soʻng esa Toshkent teatr va rassomlik institutida tahsil olgan. Uning bir qizi va 2 nevarasi bor.
Faoliyati
Mahfuza Bobotillayeva 1983-yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktrisasi sifatida oʻz faoliyati boshlagan. Uning Oʻzbek milliy akademik drama teatridagi ilk roli „Parvona“ spektakli boʻlib, unda Yulduz rolini oʻynagan. Undan keyin „Afgʻon reportaji“ spektaklida Sitora obrazini, „Yulduzli tunlar“ spektaklida Samarqandning soʻnggi temuriy malikasi Zuhrabegim obrazini gavdalantirgan. Uning teatr sahnasida keng ommaga mashhur qilgan roli Erkin Xushvaqtov qalamiga mansub „Qalliq oʻyini“ spektakli boʻlib, unda Xolbeka rolini oʻynagan. Bundan tashqari u xorij va oʻzbek asarlari asosida sahnalashtirilgan „Qirol Lir“, „Yetti faryod“, „Chimildiq“, „Iymon“, „Alla“ va „Neksiya“ kabi spektakllarda har xil obrazlar yaratgan. Aktrisa teatr haqida quyidagicha fikr bildirgan:
"Teatr – meni hayotim, meni umrim, meni rizqim-nasibam, meni ikkinchi uyim".
Filmografiyasi
Mahfuza Bobotillayevaning kinofilmlardagi ilk roli 1987-yilda taniqli oʻzbek rejissori Melis Abzalov tomonidan suratga olingan "Armon" film boʻladi. Uning keng omma orasida yanada tanitgan "Janob hech kim" film hisoblanadi.
| Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2019 | Uzilgan rishta | ||
| 2018 | Dilozorim | ||
| 2017 | 96-soat | ||
| 2016 | Boy boʻlma, sahiy boʻl | ||
| 2015 | Qiz koʻngli | ||
| Shunqorlar | Bosh rol | ||
| 2014 | Koʻrgim keladi | ||
| 2013 | Vafodorim | ||
| Farzandim | Sudya | ||
| 2012 | Qudajonlar | ||
| Zirapcha | Malikaning onasi | ||
| Bevalar | Akbarning onasi | ||
| 2009 | Ada emas, dada | ||
| Janob hech kim | Komilboyning rafiqasi | Bosh rol | |
| 2008 | Xavfli burilish | ||
| 1998 | Shaytanat | Guli | |
| 1997 | Koʻngil koʻchalari | ||
| 1991 | Koʻzlarim yoʻlingda | Barmenning rafiqasi | |
| 1990 | Bobur | Zuhrabegim, Sulton Ali Mirzoning onasi | Serial |
| 1986 | Armon | Epizod |
Mukofotlari
- Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (?-yil)
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, mahfuza bobotillayeva haqida ma’lumot. mahfuza bobotillayeva nima? mahfuza bobotillayeva nimani anglatadi?