Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

JV Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari o'rta

MAN Auto-Uzbekistan

JV Man Auto-UzbekistanOʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari o'rtasidagi kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan. Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishi-xizmatchilar nemis tilini oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009-2012-yillar davomida yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi. 2012-yilda Jomboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500dan 1500 donagacha yuk mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi. Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport qilinadi.

JV Man Auto-Uzbekistan
Vebsayti www.man-avto.uz
«MAN Auto-Uzbekistan» pochta markasida
MAN TGS 26.280
MAN TGS 41.440

Mahsulotlari

Turi Model
Ogʻir yuk mashinalari TGS 19.360, TGS 19.400 (Standart / Comfort), TGS 26.400 (Medium / ADR), TGS 33.480, CLA 18.280
Samosvallar CLA 18.280, CLA 26.280, TGS 33.360, TGS 41.400, TGS 40.400
Beton aralashtirgichlar CLA 18.280, CLA 26.280, TGS 33.360, TGS 41.400
Suv tashgichlar CLA 18.280
Avtogudronator CLA 18.280
Avtokran CLA 26.280
Kran-boshqaruvchi CLA 16.220
Axlat tashuvchi CLA 16.220
Suv sepuvchi CLA 18.280
Pritseplar, yarim-pritseplar barcha turdagi pritseplar
Furgonlar barcha turdagi furgonlar

Ishlab chiqarish koʻrsatkichlari

2009 100 dona
2010 480 dona
2011 658 dona
2012 1016 dona
2013 1300 dona
2014 1400 dona

Ссылки

  • Официальный сайт компании — man-avto.uz (Wayback Machine saytida 2019-06-11 sanasida arxivlangan)
  • Информация о компании на сайте goldenpages.uz
  • Страница компании MAN Auto-Uzbekistan на facebook.com
  • Uzbekistan Today: Фотогалерея JV MAN-Uzbekistan

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, man auto-uzbekistan haqida ma’lumot. man auto-uzbekistan nima? man auto-uzbekistan nimani anglatadi?

Yuqori