Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Lepton zaryad, lepton son — elementar zarralarni tavsiflovchi kvant sonlardan biri. Lepton zaryad leptonlar uchun noldan farqli, leptondan boshqa barcha zarrala

Lepton zaryad

Lepton zaryad, lepton son — elementar zarralarni tavsiflovchi kvant sonlardan biri. Lepton zaryad leptonlar uchun noldan farqli, leptondan boshqa barcha zarralar uchun nolga teng. Odatda, Lepton zaryad leptonlar uchun +1 ga, anti-leptonlar uchun —1 ga teng. Elementar zarralardan tashkil topgan zarralar sistemasining Lepton zaryadi sistemadagi barcha zarralar Lepton zaryadining algebraik yigʻindisiga teng. Lepton zaryad shu sistemadagi leptonlar bilan antileptonlar sonlari orasidagi farqni ifodalaydi. Leptonlar qatnashadigan hamma elektromagnit va kuchsiz oʻzaro taʼsir jarayonlarida Lepton zaryadning saqlanish qonuni amal qiladi: Lepton zaryad yigʻindisi jarayon boshlanguncha va boshlangandan keyin oʻzgarmay qoladi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, lepton zaryad haqida ma’lumot. lepton zaryad nima? lepton zaryad nimani anglatadi?

Yuqori