Leandro Trossard ((talaffuzi: Liyondro Trossart) 1994-yil 4-dekabrida Belgiyaning Waterschei shahrida tugʻilgan) — Belgiyalik professional futbolchi, Premer liga vakili „Brighton & Hove Albion“ klubi va Belgiya terma jamoasi aʼzosi. Trossard „Genk“ yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi ham hisoblanadi.
![]() Trossard, Brighton & Hove Albion, 2022-yil | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Leandro Trossard | ||
| Tavallud sanasi | 4-dekabr 1994-yil | ||
| Tavallud joyi | Maasmechelen, Belgiya | ||
| Boʻyi | 1.71 m | ||
| Ampluasi | Winger | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Brighton & Hove Albion | ||
| Raqami | 11 | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2012—2019-yillar | Genk | 83 | (27) |
| 2012—2013-yillar | → Lommel United (loan) | 12 | (7) |
| 2013—2014-yillar | → Westerlo (loan) | 17 | (3) |
| 2014—2015-yillar | → Lommel United (loan) | 30 | (16) |
| 2015—2016-yillar | → OH Leuven (loan) | 30 | (8) |
| 2019-yil | Brighton & Hove Albion | 113 | (25) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2010-yil | Belgium U16 | 5 | (0) |
| 2010—2011-yillar | Belgium U17 | 11 | (0) |
| 2011—2012-yillar | Belgium U18 | 3 | (0) |
| 2012—2013-yillar | Belgium U19 | 8 | (0) |
| 2016-yil | Belgium U21 | 1 | (0) |
| 2020-yil | Belgium | 21 | (5) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (5-noyabr uchun) | |||
Klubdagi faoliyati
Genk
Trossard 2010-yilda „Bocholt“ akademiyasidan KRC Genk yoshlar akademiyasi tarkibiga qoʻshilgan. 2012-yilda kattalar jamoasi tarkibiga oʻtib,13-may kuni „KAA Gent“ ga 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinning 87-daqiqasida Steve Prters oʻrniga maydonga tushiriladi. Bu daqiqalar Trossard uchun oʻsha mavsumda ligada oʻynagan yagona daqiqlari boʻlib qoladi. Bir necha mavsum davomida u doimiy ravishda ijara asosida boshqa jamoalarda yuradi.
2013-yilning yanvarida Trossard „Lommel United“ ga ijaraga berib yuboriladi. „Lommel“ jamoasi tarkibida 12 oʻyinida 7 ta gol kiritishga erishadi. Uning „Lommel“dagi debyut oʻyini 2013-yilning 3-fevralida „Sint-Truiden“ga qarshi safardagi oʻyinida boʻladi. Oʻsha oʻyinning 63-daqiqasida Tomas Jutten oʻrniga maydonga tushgan. Oʻyinda „Lommel United“ jamoasi 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchraydi. Aytish mumkinki, uning ijara davridagi eng ajoyib oʻyinlaridan birini „KFC Dessel Sport“ga qarshi (3:2) bahsda „Soeverein“ Stadionida 2000 muxlis qarshisida namoyish etadi. Trossard oʻsha oʻyinning 11, 60 (penaltidan) va 74-daqiqalarida gol urib xet-trikni amalga oshiradi va 88-daqiqada zaxiraga olinadi.
2013-yil iyul oyida Trossard KVC Westerloga ijaraga beriladi va 17 ta oʻyinda u 3 ta gol kiritishga erishadi. Debyut oʻyinini 2013-yilning 3-avgustida AFC Tubize bilan oʻyinda oʻtkazadi. Jamoa tarkibidagi dastlabki golini esa 2013-yilning 9-avgustida sobiq jamoasi Lommel United ustidan mehmonda 0:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinining 74-daqiqasida kiritadi.
2014-yilning iyulida Trossard yana Lommel Unitedga ijara asosida qaytib keladi. U liganing 33 oʻyinida 16 marta raqib darvozasini ishgʻol qilib, gol urishni davom ettiradi. 2015-yilning 22-martida Racing Mechelenni 6:0 hisobida magʻlub etgan oʻyinda „Lommel“ uchun oʻzining ikkinchi xet-trikiga erishadi. Uning gollari 33, 61 va 69-daqiqalarda kiritiladi. Oʻsha mavsumda „Lommel“ning yuqori ligaga koʻtarilishiga atiga toʻqqiz ochko kamlik qiladi.
2015-yil iyul oyida Trossard bu safar „Leuven“ga ijaraga beriladi. „Luven“ tarkibida 30 ta oʻyinda u 8 ta gol kiritishga muvofiq boʻladi. Eng qizigʻi aynan Genk bilan 2015-yilning 25-iyulida safardagi oʻyinda „Luven“ tarkibida 61-daqiqada Johan Cruizet oʻrniga zaxiradan maydonga tushirilib dubyet oʻyinini oʻtkazadi va 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchraydi. Uning „Leuven“ tarkibidagi birinchi goli 2015-yilning 16-avgustida Charleroi SC jamoasi ustidan 2:0 hisobidagi gʻalaba qozonilgan oʻyinning 85-daqiqasida amalga oshiriladi. U yana zaxiradan 82-daqiqada Johan Cruizet oʻrniga maydonga tushiriladi va 85-daqiqada gol uradi.
Brighton & Hove Albion
2019-yil 26-iyun kuni Brighton & Hove Albion Mett Klark Portsmouth FC dan kelganidan soʻng, Trossard bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi. Bu klubning 2019-yil yozidagi ikkinchi muhim xaridi boʻladi Trossard 17-avgust kuni Chagʻalaylar (Brighton & Hove Albionni muhlislar „The Seagulls“ yani „Chagʻalaylar“ deb atashadi) safida debyut qiladi va West Ham Unitedga qarshi oʻyinda hisobni tenglashtiradi. Trossard 2019—2020-yilgi mavsumda Norwich Cityga qarshi oʻyinlarda ikkita gol uradi, birinchisi 2019-yil 2-noyabrda uydagi 2:0 hisobidagi gʻalabada va yana 2020-yilning 4-iyulida mehmonda 0:1 hisobidagi muhim gʻalabada Brighton & Hove Albionga quyi uchlikdan uzoqlashishga yordam beradi.
2021-yil 31-yanvar kuni Trossard Tottenham Hotspur ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda yagona golni uradi va Chagʻalaylarning APL 2020—2021-yilgi mavsumda mezbondagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritishga katta hissa qoʻshadi. Trossard Brighton & Hove Albion tarkibida 3-fevral kuni Brighton & Hove Albionning amaldagi chempion Liverpool ustidan 0:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida 1982-yildan beri APL doirasida ilk bor Enfilddagi gʻalabasini qoʻlga kiritishda katta hissa qoʻshadi. Oʻsha oʻyinda Stiven Alzatning yagona goliga assistentlik qiladi. 2021-yil 14-mart kuni Trossard chagʻalaylar bilan birga Sautgempton ustidan mehmonda 2:1 hisobida gʻalabaga erishadi va bu Brighton & Hove Albionning Premer-liga tarixidagi Sautgemton ustidan qozonilgan dastlabki gʻalabasini taʼminlaydi. Brighton & Hove Albion 2021-yilning 18-may kuni APL doirasidagi Manchester Cityga qarshi baxsda 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchrayotgan oʻyinida Trossardning 50-daqiqadagi golidan kiyin oʻziga xos qaytish (Come back)ni amalga oshiradi va yakunda Brighton & Hove Albion 3:2 hisobida gʻalaba qozonadi.
2021—2022-yilgi mavsumdagi ilk golini 11-sentabrda Premer-liganing yangi aʼzosi Brentfordga qarshi safar oʻyinning 90-daqiqasida kiritadi va bu oʻyin taqdirini hal qilgan golga aylanadi. 2021-yil 27-sentabr kuni mavsumning birinchi janubiy london derbisi boʻlib oʻtadi. Unda Brighton & Hove Albion Kristal Pelasga qarshi maydonga tushadi. Oʻyinning 45+2-daqiqasida Trossardning Conor Gallagherga qarshi ishlatgan qoʻpolligidan keyin belgilangan penaltini Wilfried Zaha golga aylantirib birinchi boʻlimni 0-1 hisobida yakunlanishini taʼminlaydi. Biroq 90+5-daqiqada Neal Maupay hisobni tenglashtiruvchi golni urib, janubiy qirgʻoqqlik Chagʻalaylarga yana ochko olib keladi. Trossard 30-oktabr kuni safarda Liverpool darvozasini ishgʻol qiladi. Oʻsha oʻyinda Brighton & Hove Albion 2:0 hisobida gʻalaba qozona turib, 2:2 hisobidagi durrangni qayt etadi. 2022-yil aprel oyida Shimoliy Londoning Arsenali va Tottenhamiga qarshi oʻyinlarda ikkita gol uradi. 9-aprelda Arsenal 2:1 hisobida magʻlub etilgan bahsda hisobni ochuvchi golni oʻradi. Bir haftadan soʻng Tottenxem Hotspur stadionida 90-daqiqada gol kiritib „Tumanli Albion“ dagi 100-uchrashuvida gʻalaba qozonadi. Bu uning mavsumdagi oltinchi goli boʻldi va Chagʻalaylar safiga qoʻshilganidan keyin eng koʻp gol urgan mavsumiga aylandi. 7-may kuni Manchester Unitedga qarshi oʻyinda (4:0) Trossard ikkita golga assistentlik qiladi va koʻkragi bilan gol uradi, bu gol VAR tomonidan potentsial qoʻl bilan oʻyin deb topiladi.
2022—2023-yilgi mavsumdagi birinchi golini esa 4-sentyabrda Leicester City ustidan 5:2 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinida uradi. 21-avgust kuni West Hamga qarshi oʻyinning 66-daqiqasida hisobni 2:0 koʻrinishiga keltiruvchi golni uradi. Oʻyin Brighton & Hove Albionning gʻalabasi bilan yakunlandi va bu West Ham ustidan qozonilgan gʻalabalarning ketma-ket 11-siga aylanadi. 1-oktabr kuni esa navbatdagi oʻyinda Trossard Liverpoolga qarshi safarda (3:3) Premer-ligada xet-trik qayd etgan birinchi Brighton & Hove Albion futbolchisiga aylanadi. Uning birinchi boʻlimdagi dubli 2008-yil oktyabr oyida Wigan futbolchisi Amr Zakidan keyin Enfildda Liverpool darvozasiga birinchi boʻlimda ikkita gol urgan birinchi futbolchiga aylantiradi. Trossardning xet-triki, uning Enfilddagi ikkita oʻyinida toʻrtta gol urganini ham anglatardi. Trossard 22-oktabr kuni ikki karra amaldagi chempion Manchester Cityga safar oʻyinida klubdagi faoliyatida 100-golini urdi.
Milliy terma jamoa
Trossard bir necha bor Belgiya terma jamoasiga chaqirilgan. Roberto Martinez uni birinchi marta 2018-yil sentyabrida Belgiya terma jamoasiga chaqiradi, bir oydan kiyin esa, Trossard jarohati tufayli safdan chiqadi, Trossard 2019-yil mart oyida yana zaxira oʻrindigʻida qoladi. 2020-yil 5-sentyabrda Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi safardagi oʻyinning 80-daqiqasida Dris Mertensni oʻrniga maydonga tushib terma jamoadagi debyutini amalga oshiradi debyut qilgan. Trossard oʻzining xalqaro maydondagi ilk golini 2021-yilning 30-martida boʻlib oʻtgan JCh-2022 saralashida Belarussiya termajamoasi 8:0 hisobida magʻlub etilgan oʻyinda oʻz mamlakati uchun birinchi golini kiritadi.
Trossard Belgiyaning Evro-2020 uchun 26 kishilik tarkibiga 2021-yil 17-may kuni kiritiladi. Turnir Koronavirus tufayli keyingi yilga qoldirilgani sababli 2021-yil yozida boʻlib oʻtadi. 21-iyun kuni Finlandiyaga qarshi Belgiya terma jamoasi bilan guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinida ilk bor maydonga tushadi. Sankt-Peterburgdagi Krestovskiy stadionida kechgan uchrashuvning 75-daqiqasida Trossard oʻrniga Tomas Meunier maydonga tushadi va B guruhida Belgiya terma jamoasi eng yuqori pogʻonadan joy oladi. Bu uning yagona oʻyini boʻlib qoldi, chunki Belgiya 2-iyul kuni Myunxendagi Allianz Arenada chorak finalda Italiyadan 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
2021-yil oktabr oyida Trossard Belgiya terma jamoasining Italiyada boʻlib oʻtadigan UEFA Millatlar Ligasi final bosqichida ishtirok etgandi. U ikkita oʻyinida maydonga zaxiradan tushadi. Belgiya yarim finalda Fransiyaga magʻlub boʻladi va uchinchi oʻrin uchun oʻyinda yana Italiyaga yutqazib, toʻrtinchi oʻrinni egallaydi.
2022-yil 29-mart kuni Burkina-Fasoga qarshi oʻz uyida oʻtkazilgan xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida Trossard mamlakat milliy terma jamoasi libosidagi uchinchi golini uradi va Hans Vanaken va Kristian Bentekening gollariga assistentlik qiladi. 8-iyun kuni u UEFA Millatlar Ligasi doirasida Polshani 6:1 hisobida magʻlub etgan oʻyinda ikkinchi dublini qayt etadi.
Faoliyat statistikasi
Klub
- 2022-yil 5-noyabirgacha bo'lgan o'yinlar
| Klub | Mavsum | Ligalar | Xalqaro turnir | Liga kubik | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Division | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Goals | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Genk | 2011—2012-yilgi | Belgian Pro League | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | — | 1 | 0 | ||
| 2012—2013-yilgi | Belgian Pro League | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 0 | 0 | — | 1 | 0 | |||
| 2013—2014-yilgi | Belgian Pro League | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | — | 0 | 0 | |||
| 2014—2015-yilgi | Belgian Pro League | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 0 | 0 | ||||
| 2015—2016-yilgi | Belgian Pro League | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 0 | 0 | ||||
| 2016—2017-yilgi | Belgian First Division A | 31 | 6 | 5 | 0 | — | 16 | 3 | — | 52 | 9 | |||
| 2017—2018-yilgi | Belgian First Division A | 17 | 7 | 2 | 1 | — | — | — | 19 | 8 | ||||
| 2018—2019-yilgi | Belgian First Division A | 34 | 14 | 2 | 0 | — | 11 | 8 | — | 47 | 22 | |||
| Total | 83 | 27 | 10 | 1 | — | 27 | 11 | 0 | 0 | 120 | 39 | |||
| Lommel United (ijarada) | 2012—2013-yilgi | Belgian Second Division | 12 | 7 | 0 | 0 | — | — | — | 12 | 7 | |||
| Westerlo (ijarada) | 2013—2014-yilgi | Belgian Second Division | 17 | 3 | 4 | 2 | — | — | — | 21 | 5 | |||
| Lommel United (ijarada) | 2014—2015-yilgi | Belgian Second Division | 30 | 16 | 3 | 0 | — | — | 6 | 1 | 39 | 17 | ||
| OH Leuven (ijarada) | 2015—2016-yilgi | Belgian Pro League | 30 | 8 | 1 | 0 | — | — | — | 31 | 8 | |||
| Brighton & Hove Albion | 2019—2020-yilgi | Premier League | 31 | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 31 | 5 | ||
| 2020—2021-yilgi | Premier League | 35 | 5 | 3 | 0 | 1 | 0 | — | — | 38 | 5 | |||
| 2021—2022-yilgi | Premier League | 34 | 8 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | — | 35 | 8 | |||
| 2022—2023-yilgi | Premier League | 13 | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 13 | 7 | |||
| Total | 113 | 25 | 4 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 117 | 25 | ||
| Career total | 307 | 84 | 21 | 3 | 1 | 0 | 27 | 11 | 6 | 1 | 355 | 101 | ||
Xalqaro maydonda
- 2022-yil 25-sentyabrgacha bo'lgan o'yinlar
| Milliy terma jamoa | Yil | oʻyin | gol |
|---|---|---|---|
| Belgiya | |||
| 2020-yil | 3 | 0 | |
| 2021-yil | 11 | 2 | |
| 2022-yil | 7 | 3 | |
| Jami | 21 | 5 | |
- 2022-yil 25-sentabrda boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra. Belgiya hisobi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, hisoblar ustuni Trossardning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.
| Yoʻq. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa | Havolalar |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2021-yil 30-mart | Den Dreef, Leuven, Belgiya | Belarus | 3-0 | 8-0 | FIFA 2022-yilgi Jahon chempionati saralashi | |
| 2 | 7-0 | ||||||
| 3 | 2022-yil 29-mart | Constant Vanden Stock Stadium, Bryussel, Belgiya | Burkina Faso | 2-0 | 3-0 | Oʻrtoqlik Oʻyini | |
| 4 | 2022-yil 8-iyun | King Boduin stadioni, Bryussel, Belgiya | Polsha | 3-1 | 6-1 | UEFA 2022—2023-yilgi Millatlar ligasi A | |
| 5 | 4-1 |
Yutuqlar
- Genk
- 2018—2019-yilgi mavsumda Belgiya birinchi divizioni A chempioni
- 2012—2013-yilgi mavsumda Belgiya kubogi sohibi; Westerlo
- 2013—2014-yilgi mavsumda Belgiya ikkinchi divizioni chempioni
Eslatmalar
- Appearances in UEFA Europa League
- Appearances in Pro League promotion play-offs
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, leandro trossard haqida ma’lumot. leandro trossard nima? leandro trossard nimani anglatadi?
