Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Kuk orollari (inglizcha: Cook Islands) – Tinch okeandagi arxipelag, Polineziyada. Maʼmuriy jihatdan Yangi Zelandiya tarkibida. Janubiy orollar (8 orol) va Shimo

Kuk orollari

Kuk orollari (inglizcha: Cook Islands) – Tinch okeandagi arxipelag, Polineziyada. Maʼmuriy jihatdan Yangi Zelandiya tarkibida. Janubiy orollar (8 orol) va Shimoliy orollar (7 orol)dan iborat.

Kuk orollari
inglizcha: Cook Islands
Yangi Zelandiyaning erkin assotsiatsiyalashgan davlati
Kuk orollari bayrogʻi
Bayroq
Gerb of Kuk orollari
Gerb
Madhiya: Te Atua mou ē
Location of Kuk orollari
Poytaxt Avarua
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
• Kuk orollari Māori
(shu jumladan Pukapukan)
Etnik guruhlar
• 78.2% Kuk orollari Māoriliklar
• 7.6% Qisman Māoriliklar
• 14.2 Boshqalar
Etnoxoronim(lar) Kuk orolliklar
Hukumat Unitar konstitutsiyaviy monarxiya
• Monarx
Charles III
• Qirol vakili
Ser Tom Marsters
Mark Braun
• Ariki uyining prezidenti
Tou Travel Ariki
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Parlament
Suveren davlat (Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya)
• Oʻzini-oʻzi boshqaruvi
1965-yil 4-avgust
• BMTning tashqi munosabatlarda mustaqillikni tan olishi
1992-yil
Maydon
• Butun
236.7 km2
Aholi
• 2021-yilgi roʻyxat
15,040 kishi (223-oʻrin)
• Zichlik 63.3/km2
YIM (nominal) 2020-yil roʻyxati
• Butun
$384 million
• Jon boshiga
$21,994
Pul birligi Yangi Zelandiya dollari (NZD)
Kuk orollari dollari
Vaqt mintaqasi UTC–10:00 (CKT)
Telefon prefiksi +682
ISO 3166 kodi CK
Internet domeni .ck

Boshqaruv shakli

1965-yilda qabul qilingan Asosiy qonunga muvofiq Konstitutsiyaviy monarxiya. Yangi Zelandiyaga erkin qoʻshilgan oʻzini-oʻzi boshqaruvchi davlat. Davlat rahbari — Yangi Zelandiya monarxi qirol Charles III. Uning nomidan maxsus vakil ish olib boradi.

Ijroiya hokimiyatini mahalliy hukumat idora etadi. Tashqi siyosat va mudofaa masalalari Yangi Zelandiya hukumati vakolatida.

Qonunchilik hokimiyati oliy organi — bir palatali parlament va u 5 yil muddatga saylanadigan 24 deputatdan tarkib topgan.

Kuk orollari partiyasi, Demokratik partiya asosiy siyosiy kuchlardir.

Boʻlinishi va aholisi

Kuk orollarining asosiy aholisi (87,7 foizi) maori va polinez xalqlari. Rasmiy tili — ingliz va maori tillaridir. Nasroniylik — koʻpchilik eʼtiqod qiladigan din.

Joylashuvi va tabiati

Kuk orollari Tinch okeani janubiy qismida, Polineziyada joylashgan. Shimolda Kiribati, sharqda Fransuz Polineziyasi, gʻarbda Niue, Amerika Samoasi, Tokelau, janubda Tinch okeani neytral suvlari bilan tutashgan.

Kuk orollari Yangi Zelandiya Qirolligi bir qismidir va 15 ta orolni qamrab oladi. Ularning 2 tasida odam yashamaydi. Eng yirigi Rarotonga, poytaxt shu yerda joylashgan. Eng shimoliy Petrin atolli bilan eng janubiy Mangaia orollari orasidagi masofa 1400 km ni tashkil etadi. Eng baland nuqtasi — Rarotonga orolidagi Te Manga tepaligi (658 metr).

Iqlimi — tropik. Yillik oʻrtacha harorat — +21...28°C. Yillik yogʻin 600—1000 mm atrofida.

Tropik toʻfonlar katta talofatlar yetkazadi. Kokos palmalari, kasuarina, hiyuinus, frangapani va bugonviliya kabi daraxtlar oʻsadi. Echkemar va qushlar yashaydi.

Tarixi

Bu yerga 1000-yillarda polinezlar koʻchib kelishgan. Arxipelag nomi XIX asrda rus dengizchisi Ivan Fyodorovich Kruzenshtern tomonidan angliyalik taniqli sayyoh Jeyms Kuk sharafiga quyildi. Chunki Kukning oʻzi orolga 1773—1775-yillarda kelgan va uni Hervi oroli deb atagan edi.

1843-yili orolni Fransiya bosib olgach, mahalliy oqsoqollar Britaniya imperiyasidan uni oʻz himoyasiga olishni soʻrab murojaat qildi.

1888-yili orol Britaniya imperiyasi protektoratiga aylandi, 1901-yili Yangi Zelandiya boshqaruviga berildi. 1960-yilda mustamlakachilikka qarshi harakatdan soʻng u oʻz ichki mustaqilligiga ega boʻldi. 1965-yili Kuk oroli Yangi Zelandiya Hamdoʻstligida oʻzini oʻzi boshqaradigan mustaqil davlat tuzilmasiga aylandi.

Keyingi oʻn yilliklarda iqtisodiy va ijtimoiy sohalar yaxshilandi, mahalliy hukumat vakolati kengaydi, mustaqillik tamoyillari chuqurlashdi. 1990-yillarda moliyaviy inqiroz tufayli mahalliy aholining farovonligi yomonlashdi, Yangi Zelandiyaga emigratsiya ortdi.

Iqtisodiyoti

Asosiy daromad manbalari qishloq xoʻjaligi, moliyaviy xizmat va sayyohlikdir. Har yili 100 mingdan ortiq sayyoh bu yerga tashrif buyurmoqda.

Tomatlar, karam, tarvuz, qovoq, qalampir, dukkakli oʻsimliklar, maniok va batatlar, papayya, kokos yongʻogʻi, turli sitrus va tropik mevalar yetishtiriladi hamda eksport qilinadi. Sunʼiy dur olish va baliqchilik orolning milliy farovonlik ramzidir. Ofshor banklar tez rivojlanmoqda.

Yaponiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Fiji, Buyuk Britaniya, AQSh asosiy savdo sheriklari sanaladi. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 33 km

“Cook Islands News” kundalik nashri chop etiladi.

Tashqi siyosati

Janubiy Tinch okeani komissiyasi va Tinch okeani orollari Forumi, Osiyo taraqqiyot banki, Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Afrika, Karib havzasi va Tinch okeani mamlakatlari tashkiloti aʼzosi. Jahonning koʻplab mamlakatlari Kuk orollarini xalqaro huquqning subyektlari sifatida tan olmaydi, ammo 33 davlat va YeI u bilan diplomatik aloqalarga ega.

Adabiyotlar

  • Laziz Rahmatov. «Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha». Toshkent, 2019-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, kuk orollari haqida ma’lumot. kuk orollari nima? kuk orollari nimani anglatadi?

Yuqori