Koreya tarixi Koreya yarim oroli va Manchuriya hududida koreys xalqi bilan sodir boʻlgan voqealarni tasvirlaydi.
Eng qadimgi tarixi
Arxeologik topilmalar shuni koʻrsatadiki, aqlli odamlar yaʼni Homo Sapines Koreya yarim oroli hududida taxminan 40-30 ming yil oldin paydo boʻlgan. Hamgyongbukdo, Pyongannamdo, Kyonnggido va Chungcheong- bukdo provinsiyalarida paleolit davriga oid koʻplab tosh qurollari topilgan. Oʻsha yillardagi odamlar gʻorlarda yashab, ibtidoiy uylar qurishgan, ovchilik va terimchilik bilan shugʻullanishgan.
Koreya yarim orolidagi eng qadimgi kulolchilik namunalari eramizdan avvalgi 8000 yilga toʻgʻri keladi. Miloddan avvalgi 3500-2000 yillardagi sopol buyumlar („Chilmun keramikasi“ (koreyscha: 즐문토기)) yarim orolning barcha qismlaridan topilgan, shuningdek sopol buyumlarini Primorsk oʻlkasi, Moʻgʻuliston va Manchuriyada ham uchratish mumkin. Chilmun keramikasi oʻzining asosiy xususiyatlariga koʻra Yaponiyadagi xuddi shu davrdagi Jomon keramikasiga juda oʻxshash .
Qadimgi Choson
Afsonaga koʻra, birinchi Koreya davlatiga miloddan avvalgi 2333 yilda samoviy Tangun oʻgʻli tomonidan asos solingan. Tarixchilar Koreya tarixining eng dastlabki bosqichini Qadimgi Choson (Ko Joseon) davri deb atashadi. Qadimgi Choson hududi Koreya yarim orolining shimolida va Liaodong yarim orolida joylashgan. Koʻpgina zamonaviy tarixchilarning fikriga koʻra, miloddan avvalgi 2333 yil juda qadimiy hisoblanadi, chunki bu davr alohida oʻrta asrga taaluqli koreys yilnomalaridan (Samguk Yusa va boshqalar) boshqa hech qanday tarixiy hujjatlar bilan tasdiqlanmagan. Qadimgi Choson haqidagi birinchi maʼlumotlar miloddan avvalgi 4-3-asrlarga toʻgʻri keladi. Qadimgi Choson oʻzining rivojlanishining boshida alohida boshqariladigan shahar-davlatlardan tashkil topgan qabila ittifoqi boʻlib, miloddan avvalgi IV asrda markazlashgan davlatga aylangan.Taxminan shu davrda yarim orolning janubida Chin davlati, shuningdek Trixon davlatlari tashkil topgan. Miloddan avvalgi 108 yilda Qadimgi Choson Xitoy Xan imperiyasi tomonidan boʻysundirilgan.
Ilk davlatlar (miloddan avvalgi 108 yil)- III asr)
Qadimgi Choson davlatidan keyin yarim orol hududida uchta qabila ittifoqi tuzildi. Bular: Maxan, Chinxan va Pyonxan (jamoa nomi Uch xonlik yaʼni Samxan) qabila ittifoqlari edi. Samxan shimolida Buyeo (Fuyu) davlati rivojlangan. Shuningdek, sobiq Choson hududida bir nechta kichik davlatlar, jumladan Okjo va Dongye (sharqiy Ye) paydo boʻlgan.
Uchta qirollik
Bizning eramiz boshida Choson davlati parchalanganidan keyin qabila birlashmalaridan uchta ilk feodal davlat – Silla, Pekche va Goguryeo davlatlari vujudga keldi.
Birlashgan Silla va Boxay (Shimoliy va Janubiy sulolalar)
676-yilda Goguryo va Pekje davlatlari bosib olingandan keyin Birlashgan Silla davlati vujudga keldi, uning oʻrniga 935-yilda Goryo (918-1392) davlati tashkil topdi.
Shu bilan birga, shimolda Boxay davlati rivojlandi.
Koreya tarixida bu davr buddizmning yuksalishi bilan belgilanadi.
Oxirgi uch qirollik davri
Oxirgi Uch Qirollik davrida (892–936) Koreya yarim orolida uchta davlat mavjud edi: Silla, Baekje va Goguryeo (904 yilda bu nom Majinga va 911 yilda Taebongga oʻzgartirilgan).
Koryo
Koryo 918-yilda paydo boʻlgan, 935- yilda Silla davlati yerlarini bosib olgan va 1392 -yil Choson sulolasi tiklanguniga qadar mavjud boʻlgan. „Goryeo“ nomi 668 yilda Silla tomonidan birlashtirilgan Koreyaning uchta ilk feodal davlatlaridan biri boʻlgan Goguryeoning qisqartmasi . Zamonaviy „Korea“ soʻzi „Koryo“ dan kelib chiqgan. Davlatning eng mashhur yutuqlariga Koryo kulolchilik sanʼati va Koreya tripitakasi – buddist kanon (Tripitaka), oʻn minglab yogʻoch taxtalarda oʻyib yozilgan. 1234 yilda dunyodagi birinchi metall bosma matritsasi Koryoda yaratilgan (2-rasmga qarang). . Koryo davri Koreyada „Buddizmning oltin davri“ hisoblanadi . 11-asrda birgina poytaxtning oʻzida 70 ga yaqin buddist ibodatxonalari boʻlgan . Yaqin Sharqdan kelgan savdogarlar bilan savdo sotiq ham rivojlangan. .
993 yildan boshlab, Koryo Liao sulolasining koʻplab bosqinlariga duch keldi. 1019 yildagi harbiy gʻalabadan keyin Koryoda tinchlik va farovonlik asri boshlandi va Koryo oʻzining oltin davriga kirdi . Bu davrda Sharqiy Osiyoda Koryo, Liao va Song davlatlari oʻrtasidagi kuchlar muvozanati saqlanib qolingan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, koreya tarixi haqida ma’lumot. koreya tarixi nima? koreya tarixi nimani anglatadi?