Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Amerika Kordilyerasi - Yer sharidagi eng uzun togʻ tizimi. Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikaning gʻarbiy chekkasi boʻylab, shimolda Arktikaning Alyaska qirgʻo

Kordilyera togʻlari

Amerika Kordilyerasi - Yer sharidagi eng uzun togʻ tizimi. Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikaning gʻarbiy chekkasi boʻylab, shimolda Arktikaning Alyaska qirgʻogʻidan janubda Olovli Yer arxipelagining janubigacha choʻzilgan. Oʻz. 18 ming km dan ziyod. Amerika Kordilyera togʻlari materikning sharqidagi tekisliklar bilan Tinch okeani oʻrtasidagi suvayirgʻich hamda tizmalarning har ikki tomonida joylashgan mamlakatlar oʻrtasidagi iqlim chegarasidir. Amerika Kordilyerasi Himolay va Markaziy Osiyodagi togʻlardan pastroq. Eng baland choʻqqilari: Shimoliy Amerikada Mak-Kinli togʻi (Alyaskada), balandligi 6193 m, Janubiy Amerikada Akonkagua togʻi, balandligi 6960 m.

Perudagi And togʻlari
Kanada Rockie togʻlari

Amerika Kordilyera togʻlari ikki qismdan: Shimoliy Amerika Kordilyerasi va Janubiy Amerika Kordilyerasidan iborat.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, kordilyera togʻlari haqida ma’lumot. kordilyera togʻlari nima? kordilyera togʻlari nimani anglatadi?

Yuqori