Kingdom Arena (Al-Mamlakah Arena) (arabcha: المملكة أرينا), (oʻzbekcha: Qirolligi Arena) Dastlab (Boulevard Hall), Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan futbol stadioni. Stadion oʻzining futbol oʻyinlarida 30 000 tomoshabinni sigʻdira oladi va maxsus trosslar bilam tortilgan tom qismiga ega. 2023-yil sentabr oyida Kingdom Holding kompaniyasi stadionni Al Hilol SFC jamoasiga uy stadion sifatida boshqarish huquqini berdi.
| المملكة أرينا Qirolligi Arena | |
![]() | |
| Oldingi nomlari | Boulevard Hall (2023) |
|---|---|
| Manzili | Riyod, Saudiya Arabistoni |
| Operator | General Entertainment Authority |
| Sigʻimi | 30,000–40,000 |
| Chim turi | Tabiiy oʻt |
| Konstruksiya | |
| Buzilgan joy | 2023 |
| Qurilgan | 2023–24 |
| Ijarachilar | |
| Al Hilal | |
| Website | |
| Rasmiy sayti | |
Tarix
Kingdom Arena 180 kun ichida qurilgan va 30 000 dan ortiq odamni, shu jumladan 20 ta hashamatli koʻngilochar muhlislar joylarini sigʻdira oladi. U tortiladigan tomga va markazga osilgan toʻrt tomonlama moslangan video ekranga ham ega.
Stadionda oʻtkaziladigan birinchi futbol oʻyini 2024-yilning 29-yanvarida „Al Hilol“ va „Inter Miami CF“ oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini boʻlib, „Al Hilol“ 4:3 hisobida gʻalaba qozongan.
2024-yil 8-fevral kunida Kingdom Arena dunyodagi eng katta yopiq futbol stadioni va yopiq stadion uchun eng yuqori sigʻimliligi boʻyicha Ginnesning ikkita rekordlar kitobiga kiritildi.
Voqealar
Boks
- 2023-yil 28-oktyabr – Tayson Fyuri Frensis Ngannuga qarshi
- 2023-yil 23-dekabr – Entoni Joshua Otto Uollinga qarshi
- 2024-yil 8-mart – Entoni Joshua Frensis Ngannuga qarshi
- 2024-yil 18-may – Tayson Fyuri Aleksandr Usikka qarshi
Aralash jang sanʼatlari
- 2024-yil 24-fevral – PFL Bellatorga qarshi
- 2024-yil 22-iyun – UFC Fight Night 244
Futbol oʻyinlari
- 2024-yil 29-yanvar – „Al Hilol“ – „Inter Mayami“
- 2024-yil 8-fevral – „Al Hilol“ – „Al Nassr“
Yana qarang
- Ar-Riyod mavsumi
- Bulvar dunyosi
- Bulvar shahri
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, kingdom arena haqida ma’lumot. kingdom arena nima? kingdom arena nimani anglatadi?
