Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Kaliy permanganat (Kalium permanganicum), margansovka, KMnO4 — antiseptik modda. Toʻq binafsha rangli yaltiroq kristall. Suvda yaxshi eriydi. Eritma qizgʻish-bi

Kaliy permanganat

Kaliy permanganat (Kalium permanganicum), margansovka, KMnO4 — antiseptik modda. Toʻq binafsha rangli yaltiroq kristall. Suvda yaxshi eriydi. Eritma qizgʻish-binafsha rangli. K.p. toʻqimalarga tushganida oʻzidan kislorod ajratib, burishtiruvchi, qitiqlovchi va kuydiruvchi taʼsir etadi, ayni vaqtda ajralib chiqayotgan kislorod hisobiga mikroblarga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Organik va anorganik kimyoda oksidlovchi, tibbiyotda suvdagi eritmasi yaralarni yuvish, ogʻiz va tomoqni chayish, ginekologiya hamda urologiya amaliyotida antiseptik vosita sifatida ishlatiladi.

Fizik xossalari

Koʻrinishi: metall yarqiroqligiga ega boʻlgan toʻq binafsharangli kristallar. Nur sindirish koʻrsatkichi 1.59 ga teng(20 C haroratda).

Suvda, suyuq ammiakda, atsetonda (2:100 nisbatda), metanolda, piridinda eriydi.

Molyar massasi — 158,034 g/mol

Zichligi — 2,703 g/sm3

Termodinamik xossalari

Kaliy permanganatning termodinamik xossalari
Standart entalpiya  H −813,4 kJ/mol (t) (298 K haroratda)
Standart Gibbs energiyasi G −713,8 kJ/mol (t) (298 K haroratda)
Standart entropiya S 171,71 J/(mol K) (t) (298 K haroratda)
Standart molyar issiqlik sigʻimi Cp 119,2 J/(mol K) (t) (298 K haroratda)

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, kaliy permanganat haqida ma’lumot. kaliy permanganat nima? kaliy permanganat nimani anglatadi?

Yuqori