Ivan Aleksandrovich Goncharov [1812.6(18).6, Simbirsk- 1891.15(27).9, Peterburg] – rus yozuvchisi. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1860). Moskva universitetini tugatgan (1834). Realistik proza ustasi. Dastlab romantik sheʼrlar, qissalar yozgan. „Pallada kemasi“ ocherklar turkumi (1855—57)da Osiyo va Yevropa xalqlarining turmushi, axloqi va ruhiyati aks etgan. „Oddiy voqea“ (1847), „Jarlik“ (1869) romanlari 19-asr tanqidiy realizmining eng yaxshi namunalaridir. Ularda 40—60-yillardagi rus vokeligi va davrning qayotiy tavsiflari anik, tasvirlangan. „Oblomov“ (1859) romanida krepostnoylik munosabatlari mahsuli boʻlgan „oblomovchilik“ dangasalik, qoloqlik ramzi ekanligini, uning chuqur ijtimoiy va realistik mohiyatini ochib berdi. „Zamon zayli“ romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1984).
| Ivan Goncharov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 6 (18) iyun 1812 |
| Vafoti | 15 (27) sentyabr 1891 |
| Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ivan goncharov haqida ma’lumot. ivan goncharov nima? ivan goncharov nimani anglatadi?
