Irlandiya oroli - Britaniya orollari arxipelagidagi orol. Shimol, gʻarb va janubidan Atlantika okeani, sharqdan Irlandiya dengizi oʻrab turadi. Shimoliy va San-Georg boʻgʻozlari orqali Buyuk Britaniya o.dan ajralib turadi. Mayd. 84 ming km2, shimoliy dan ja-nubga uz. 450 km, eni 300 km atrofida. Qirgʻoklari notekis, qoʻltiq va qoyali orollar koʻp. I. o.ning ichki qismi Markaziy tekislik, chekkalari past togʻlar (Karrantuill choʻqqisi, bal. 1041 m gacha) va platolardan iborat. Ikdimi moʻʼtadil, okean iqlimi, qishi yumshoq, yozi salqin va seryogʻin. Daryo (Shannon va b.), koʻl (LoxNey, Lox-Ern va b.) va botqoqlik koʻp. Oʻsimliklari yil boʻyi yashil boʻlib turadigan oʻtloq va vereskzorlardan iborat. I. o. ning katta qismida Irlandiya davlati, shimoli-sharqida Shimoliy Irlandiya joylashgan. Yirik shaharlari — Dublin, Belfast.
![]() | |
| Geografiya | |
|---|---|
| Maydoni | 84 421 km2 |
| Dengiz sathidan balandligi | m. |
| Eng baland nuqtasi | Carrauntoohil |
| Ma'muriyat | |
| Davlat | Irlandiya va Birlashgan Qirollik |
| Demografiya | |
| Aholisi | 7 185 600 |
| Qo'shimcha ma'lumot | |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, irlandiya oroli haqida ma’lumot. irlandiya oroli nima? irlandiya oroli nimani anglatadi?
