Intonatsiya (lotincha: Intono — baland , talaffuz qilaman) (tilshunoslikda) — nutqning ohangi, uning maromiy-musiqiy tomoni; tovushning navbatmanavbat koʻtarilishi va tushi-shi. I. nutqning sintaktik maʼnolari (darak, soʻroq, buyruq)ni ham ifodalaydi. Nutq qaratilgan obʼyektga boʻlgan soʻzlovchining munosabati, hissiyoti soʻzdagi I.da namoyon boʻladi. Yozuvda I. qisman tinish belgilari orqali ifodalanadi. Nutqning stilistik xususi-yatlarini farqlashda, uni shakllantirishda ham maʼlum rol oʻynaydi.
I.ni nutq unsuri sifatida oʻrganish 19-asr oxirlaridan boshlangan. Hoz. I.ning ran turlarini oʻzaro farqlashdagi ahamiyati, sintaksis bilan oʻzaro munosabati va uning tarkibiy qismlari tadqiq etilgan, matn I.si va fonostilistika borasida tadqiqotlar olib borilmoqda (yana qarang: Gap).
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, intonatsiya haqida ma’lumot. intonatsiya nima? intonatsiya nimani anglatadi?