Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ilya Yefimovich Repin (5-avgust [E.U. 24-iyul] 1844 – 29-sentyabr 1930) Rossiyaning taniqli rassomi boʻlib, hozirgi Ukraina hududida tugʻilgan. U 19-asrda Rossi

Ilya Repin

Ilya Yefimovich Repin (5-avgust [E.U. 24-iyul] 1844 – 29-sentyabr 1930) Rossiyaning taniqli rassomi boʻlib, hozirgi Ukraina hududida tugʻilgan. U 19-asrda Rossiyaning eng mashhur rassomlaridan biriga aylangan. Uning asosiy asarlari orasida Volga boʻyidagi kemalarni tortuvchilar (1873), Kursk viloyatidagi diniy marosim (1880–1883), Ivan Grozniy va uning oʻgʻli Ivan (1885); va Zaporojye kazaklarining javobi (1880–1891) kabilar bor. U shuningdek, oʻz davrining yetakchi rus adabiyot va sanʼat arboblari, jumladan Mixail Glinka, Modest Mussorgskiy, Pavel Tretyakov va ayniqsa uzoq yillik doʻstlik munosabatlariga ega boʻlgan Lev Tolstoyning portretlarini chizganligi bilan ham tanilgan.

Ilya Repin
Илья Репин

1887-yilda chizilgan avtoportret
Tavalludi 5-avgust [E.U. 24-iyul] 1844
Chuguev, Rossiya imperiyasi (hozirgi Ukraina)
Vafoti 29-sentyabr 1930-yil(1930-09-29)
(86 yoshda)
Kuokkala, Viypur viloyati, Finlyandiya
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar
Taʼlimi Imperial Badiiy Akademiya
Kasbi rassom: Realizm
Peredvizhniki
Turmush oʻrtogʻi Vera Shevtsova (1872)
1887-yil ajrashgan
Bolalari 4 ta, shu jumladan Yuriy Repin [ru]
Onasi Tatiana Repina
Mukofotlari Imperial Badiiy Akademiyasi medali (1871-yil) Imperial Badiiy Akademiyasi oltin medali (1871-yil)
Faxriy legion (1901-yil)
Imzosi

Repin Chuguevda, Rossiya Imperiyasida (hozirgi Ukraina) tugʻilgan. Uning otasi Rossiya armiyasining Uhlan polkida xizmat qilgan, keyin otlar sotgan. Repin 16 yoshida ikonalar chizishni boshlagan. U Sankt-Peterburgdagi Imperator Badiiy sanʼat akademiyasiga kirish imtixonlarida birinchi urinishida muvaffaqiyatsizlikka uchragan, ammo 1863-yilda shaharga borib, darslarda qatnashgan va 1869 va 1871-yillarda ilk mukofotlarini qoʻlga kiritgan. 1872-yilda Volga boʻylab sayohatdan soʻng, u Sankt-Peterburgdagi Sanʼat akademiyasiga oʻz chizmalarini taqdim etgan. Buyuk gertsog Aleksandr Aleksandrovich unga „Volgadagi kemalarni tortuvchilar“ katta hajmdagi rasmini yaratish uchun buyurtma bergan, bu uning rassomchilik faoliyatini boshlab bergan. U Parij va Normandiyada ikki yil yutiib, birinchi impressionist koʻrgazmalarini tomosha qilgan va ochiq havoda rasm chizish texnikasini oʻrgangan.

1885-yilda Ivan Grozniyning oʻz oʻgʻlini gʻazablanib oʻldirishi tasvirlagan tarixiy portreti katta janjalga sabab boʻlib, rasm koʻrgazmadan olib tashlangan. Bu muvaffaqiyatsizlikdan keyin, Repin bir qator katta yutuqlar va yangi buyurtmalar olishni boshgan. 1898-yilda ikkinchi xotini bilan Finlandiyaning Kuokkala shahrida (hozirgi Repino (Sankt-Peterburg)), Sankt-Peterburg yaqinida „Penates“ nomli qishloq uyini sotib olgan.

1905-yilda imperator hukumati koʻcha namoyishlarini bostirgandan soʻng, Ilya Repin Badiiy sanʼat akademiyasidagi oʻqituvlik lavozimidan ketgan. U 1917-yilgi Fevral inqilobini qoʻllab-quvvatlagan, ammo Oktyabr inqilobidan keyin bolsheviklar tomonidan qoʻllangan zoʻravonlik va terrordan dahshatga tushgan. 1917-yilda Rossiya Finlandiya Buyuk Gersogligi ustidan nazoratni yoʻqotgan, bu Finlandiyaning toʻliq mustaqilligiga erishshishga zamin yaratgan. Bu voqeadan soʻng, Ilya Repin 1925-yilda oʻz asarlari koʻrgazmasida ishtirok etish uchun ham Sankt-Peterburg (Leningrad deb oʻzgartirilgan)ga borish imkoniyatiga ega boʻlmagan. Repin 1930-yil 29-sentyabrda, 86 yoshida vafot etgan va Penatesda dafn etilgan. Uning uyi endilikda muzey sifatida saqlanmoqda va YuNESKOning Butunjahon merosi obyekti hisoblanadi.

Galereya

Izohlar

    • ruscha: Илья Ефимович Репин, ru
      (Islohotdan oldingi imlo: Ilya Yefimovichʼ Rѣpinʼ)
    • ukraincha: Ілля Юхимович Рєпін/Ріпин;
    • fin: Ilja Jefimovitš Repin
  1. Ilya Repin zamonaviy Ukraina hududida tugʻilib oʻsgan, u vaqtda Rossiya Imperiyasi tarkibida boʻlgan. U ham rus, ham ukrain tillarini yaxshi bilgan, ammo oʻzini rus hisoblagan.

Adabiyotlar

  • Sternine, Grigori; Kirillina, Elena. Ilya Repin. Parkstone Press, 2011. ISBN 978-1-78042-733-1. 
  • Chilvers, Ian. The Oxford Dictionary of Art. Oxford University Press, 2004. ISBN 978-0-19-860476-1. 
  • Leek, Peter. Russian Painting. Parkstone Press, 2005. ISBN 978-1-85995-939-8. 
  • Bolton, Roy. Views of Russia & Russian Works on Paper. Sphinx Books, 2010. ISBN 978-1-907200-05-2. 

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ilya repin haqida ma’lumot. ilya repin nima? ilya repin nimani anglatadi?

Yuqori