- Vikipediyada ismi Haydar boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Haydar Ali (1722-1782.7.12) -Hindistondagi Maysur davlatining hukmdori (1761-yildan); ingliz bosqinchilariga qarshi harakat tashkilotchisi. Dastlab harbiy otryad boshligʻi boʻlgan. Mulkdorlar oʻrtasidagi oʻzaro urushlar (1758—60 yillar)dan foydalanib hokimiyatni egallagan. Roja nomigagina hukumat boshligʻi hisoblangan. Soliqlarni koʻpaytirish hisobiga armiyani qaytadan yev-ropacha tuzgan, jogir tizimini bekor qilgan, askarlarga maosh belgi-lagan hamda artilleriyani kuchaytirgan. 1761—64 yillarda Maysur hududini qoʻshni davlatlar hisobiga kengaytirgan.
1-ingliz-maysur urushi davri (176769)da inglizlar bilan sulh tuzgan. Marathalar va Haydarobod sultonligining hujumlarini muvaffaqiyat bilan qaytargan. 1780-yilda ular bilan Hin-distonda inglizlar hukmronligiga qarshi kurashish maqsadida ittifoq tuzgan. 2maysur-ingliz urushi davri (1780—84)da H.A. dastlab butun Karnatikni inglizlardan tozalagan, ammo ittifoqchilarining xiyonati tufayli yengilgan.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, haydar ali haqida ma’lumot. haydar ali nima? haydar ali nimani anglatadi?