Hasan Joʻrayev (1906-yil Toshkentda tug‘ilgan — 1954-yil Stalinobod, Tojikiston SSRda vafot etgan) — sovet partiya yetakchisi, O‘zbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi (1952 — 1954-yillarda).
| Hasan Joʻrayev | |
|---|---|
| O‘zbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qo‘mitasi birinchi kotibi- | |
| Mansab davri 1952 – 1954-yillarda | |
| Oʻtmishdoshi | Nuritdin Akramovich Muhitdinov |
| Vorisi | Siroj Nuritdinov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1906-yil Тoshkent |
| Vafoti | 1954-yil Stalinobod, Tojikiston SSR, SSSR |
| Siyosiy partiyasi | KPSS |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
Hasan Joʻrayev 1906-yil Toshkentda dehqon oilasida dunyoga kelgan. 1924-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (РКП (б)) aʼzosi hisoblangan.
Joʻrayev mehnat faoliyatini 1918-yilda Qoʻqonda temiryoʻlchi sifatida boshlagan. 1922 — 1925 yillarda Eski Buxoro stansiyasida qorovul boʻlib ishlagan.
- 1925 — 1927-yillarda Eski Buxoro shahridagi partiya maktabi o‘quvchisi;
- 1927 — 1929-yillarda Tojikiston Kompartiyasi Qashqadaryo okrug qoʻmitasi targʻibotchisi sifatida olib borgan.
- 1929 — 1931-yillarda esa Tojikiston SSRning Ko‘lob va Garm shaharlarida Qizil Armiya safida xizmat qilgan.
- 1931-1932-yillarda Tojikiston Kompartiyasi Hoyit (hozirda Rasht tumaniga kiruvchi mahalla maqomiga olingan) tuman qo‘mitasi mas’ul kotibi;
- 1933 — 1940-yillarda Stalinoboddagi O‘quv va ishlab chiqarish zavodi (UPKM) inspektori;
- 1940 — 1942-yillarda Tojikiston Kommunistik partiyasi Dushanbe tuman qoʻmitasi birinchi kotibi;
- 1947-yilda — Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi Toshkent viloyatqoʻmitasining birinchi kotibi;
1952 — 1954-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi vazifalarida faoliyat yuritgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, hasan joʻrayev haqida ma’lumot. hasan joʻrayev nima? hasan joʻrayev nimani anglatadi?