Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ayşe Hafsa Sulton (1478/1479 – 1534-yil 19-mart) – Sulton Salim I ning nikohsiz xotini va Sulton Sulaymon I ning onasi. Usmoniylar imperiyasining birinchi Volid

Hafsa Sulton

Ayşe Hafsa Sulton (1478/1479 – 1534-yil 19-mart) – Sulton Salim I ning nikohsiz xotini va Sulton Sulaymon I ning onasi. Usmoniylar imperiyasining birinchi Volida Sultoni. Oʻgʻli 1520-yilda taxtga oʻtirgach, 1534-yildan vafotigacha boʻlgan davrda Usmoniylar imperiyasidagi eng nufuzli ayollardan biri.

Hafsa Sulton

Hafsa Sultonning tasavvuriy portreti
Usmoniylar imperiyasining Volida Sultoni
(Sultonning onasi)
Saltanat 1520-yil 3-sentyabr – 1534-yil 19-mart
Oʻtmishdoshi Gulbahor xotun
Davomchisi Nurbanu Sulton
Tugʻilishi 1478/1479
Vafoti 1534-yil 19-mart
Ko‘z yoshlari saroyi, Konstantinopol, Usmoniylar imperiyasi
Dafn etilgan joy
Yovuz Salim masjidi, Fotih, Konstantinopol
Turmush oʻrtogʻi Salim I Yovuz
Farzandlari Hatice Sulton
Beyhan Sulton
Sulaymon I
Uy Usmoniylar
Dini Islom (bu dinni qabul qilgan)

Kelib-chiqishi

Hafsa Sulton Qrim tatarlari xoni Mengli Geray I ning (1445–1515) qizi boʻlganini taʼkidlovchi anʼanaviy va umumiy qarashlar mavjud. Ushbu fikr XVII asrning koʻplab gʻarb manbalarida ham qoʻllab-quvvatlanadi va Hafsa Sulton siyosiy ittifoqni mustahkamlash ramzi boʻlgan tatar malika sifatida tasvirlanadi.

Turk va gʻarb tarixchilari, jumladan, Cemal Kafadar, Halil İnalcık, John Freely, André Clot hamda Matthew Reiszlar ham bu fikrni ilgari suradilar. Ushbu qarashga koʻra, Hafsa Sultonning Sulaymon I ning onasi sifatidagi mavqei siyosiy va ramziy ahamiyat kasb etadi hamda Usmoniylar sulolasini Chingiziylar nasliga mansub oilaga boʻlganligini koʻrsatadi.

Usmoniylarning hujjatli manbalariga asoslangan yana bir farazga koʻra, u nasroniy qullardan kelib chiqqan boʻlishi ham mumkin.

Reşat Kasaba Salim I va Hafsa Sulton oʻrtasidagi nikohni „Usmoniy sultoni bilan qoʻshni musulmon sulola aʼzosi oʻrtasidagi soʻnggi nikoh“ sifatida tilga oladi. Esin Atılning maʼlumotlariga koʻra, baʼzi tarixchilar uni Geray xonining qizi deb qayd etsa, boshqalar Ayşe ismli Qrim malikasi Sulton Salim I ning xotinlaridan biri boʻlgani, Hafsa esa kelib-chiqishi qul boʻlishi mumkinligini taʼkidlaydi.

Ilya Zaytsevning taʼkidlashicha, Ayşe (Mengli Geray I ning qizi) avval Kefe hokimi boʻlgan shahzoda Mehmedga, keyin esa uning ukasi Salim I ga turmushga chiqqan. Shu orqali u Giraylar va Usmoniylar oʻrtasidagi nikoh munosabatlari orqali Usmoniylar sulolasi aʼzosiga aylangan. Shuningdek, bu ikki sulolasi oʻrtasida yana bir nikoh rishtalari qurilgan boʻlib, Salim I ning qizlaridan biri, ehtimol Gevherxon Sulton Saadet Gerey I bilan turmush qurgan, biroq bu nikoh ham isbotlanmagan. Usmoniyshunos olimlar Alan Fisher, Leslie Peirce va Feridun Emecen esa Hafsani qul naslidan chiqqan va Qrim xonining qizi boʻlmagan deb hisoblaydilar.

Yoshlik yillari

Hafsa taxminan 1478/1479-yillarda tugʻilgan. 1487-yilda boshlab Trabzon viloyatining hokimi boʻlgan shahzoda Salimning koʻplab kanizlaridan biriga aylangan. Salimdan kamida uch qiz: Hatice Sulton, Fatma Sulton, Beyhan Sulton va yagona oʻgʻli Sulaymonni dunyoga keltirgan.

Turk anʼanasiga koʻra, barcha shahzodalar tarbiya jarayonining bir qismi sifatida viloyat hokimi boʻlib xizmat qilishi kerak edi. Hafsa Sulaymonning hokimlik lavozimida ishlab yurgan ilk kezlarida, jumlada, 1509-yilda Kefeda, soʻngra 1513-yilda Manisada unga hamrohlik qilgan. U Sulaymonning ichki saroyi va shaxsiy hayotini nazorat qilgan. Kefe saroyida unga oyiga 1 000 asper maosh tayinlangan, Sulaymonning oʻzi esa bu vaqtda 600 asper olgan. 1513-yilda taxt vorisining onasi sifatida Hafsa kuniga 150 asper olgan. Manisada esa uy xoʻjaligining eng katta aʼzosi sifatida bu miqdor yana oshirilib, kuniga 200 asper qilib belgilangan. Shu tariqa oyiga 6 000 asper maosh bilan u shahzodaning oʻzidan uch baravar koʻp haq olgan va saroydagi eng katta maoshga ega boʻlgan shaxsga aylangan.

Viloyatlarda Hafsa Sulaymonning eng yaqin hamrohi boʻlgan va doimiy ravishda uning yonida edi. Guillaume Postelning yozishicha, u Sulaymonni otasi tomonidan qatl qilinish xavfidan asrab qolgan boʻlishi mumkin. Hafsa oʻgliga merosxoʻr sifatida taxtga daʼvo qilmaslikni maslahat bergan. Sulton Salim vafotidan bir necha yil oldin oʻgʻillarining sadoqatini sinab koʻrish maqsadida taxtdan voz kechishni istashini aytib, kim saltanatni boshqarishni xohlashini soʻragan va dadillik bilan ha deya javob berganlar oʻlim bilan jazolangan. Onasi Sulton Salimning feʼlini yaxshi bilganligi tufayli Sulaymon bu imkoniyatdan voz kechib, oʻzini otasining oʻgʻli emas, balki quli ekanini aytgan. U hatto Sulton Salimning vafotidan keyin ham bu mas’uliyatni oʻz zimmasiga olish uning uchun katta iztirob boʻlishini bildirgan.

Volida Sulton

 
Manisadagi Hafsa Sultonning byusti
 
Hafsa Sultonning buyrugʻi bilan Manisada qurilgan külliye. Uning yonidagi Sulton masjidining bir qismi

1520-yilda Sulaymon taxtga chiqqach, Hafsa Istanbuldagi Eski saroyda istiqomat qila boshladi. Oʻgʻli taxtga oʻtirgach, ehtimol, uning roziligi bilan Hafsa maktublariga „sultonning onasi“ (volida sulton) deb imzo qoʻya boshladi. Bu rasmiy unvon boʻlmasa-da, keng tan olingan. Hafsa ehtimol bu atamani muntazam qoʻllagan birinchi volida sulton boʻlgan va oʻsha yillarda, ayniqsa, sulola bilan bogʻliq boʻlgan ayollar uchun muhim tayanch vazifasini bajargan. Masalan, shahzoda Alamshohning onasi vafotidan keyin uning qizlariga yordam bergan, shuningdek Xayr Beg haramidagi bir ayolga ham koʻmak koʻrsatgan. Sulaymonga yozgan xatlarida esa Hafsa ishbilarmonlik ohangi bilan birga oʻzining mehr-muhabbatini ham namoyon etib, uni „koʻzimning nuri, yuragimning quvonchi“ deb atagan.

Sulton Sulaymon hukmronligining dastlabki yillarida Hafsa Sulton uning hayotida hukmron taʼsir koʻrsatgan ayol sifatida namoyon boʻldi. Buning isboti sifatida oʻgʻli unga „Volida Sulton“ unvonini berdi, shu tariqa u shohlar nasabidan boʻlmasa-da, Usmoniylar tarixida bu unvonga sazovor boʻlgan birinchi ayolga aylandi. Uning xatlari rasmiy devon uslubida yozilgan boʻlsa-da, samimiy ohangni ham oʻzida mujassam etgan. U xatlarida oʻgʻlini koʻrishga boʻlgan sogʻinchi va uning yurishlarda xavfsizligidan xavotirda ekanligini bildirib, ona va oʻgʻil oʻrtasidagi chuqur bogʻliqlikni namoyon etgan. Noyob qoʻlyozma maktublaridan birida u saroy xizmatchisi haqida kulgili voqeani soʻzlab bergan va Sulaymonni koʻrish imkoniyatini boy berganidan afsusda ekanligini bildirgan. Maktubni yakunlar ekan, u oʻgʻliga mehrini izhor qilib: „Xazina ham senga sovgʻa boʻlish uchun yetarli emas“ deya taʼkidlagan. Shuningdek, u qizi Beyhanning eri Ferhad poshshoning qatl qilinishini ham oldini olishga urinib koʻrgan.

Sulaymon onasiga juda chuqur mehr qoʻygan. Bu holat Bragadinning 1526-yilgi hisobotida ham taʼkidlanadi. Unda Hafsa „48 yoshli nihoyatda goʻzal ayol boʻlib, (sulton) unga katta hurmat va muhabbat koʻrsatadi“ deya taʼriflangan. 1526-yilda Mohács jangida Usmoniylar gʻalaba qozonganidan soʻng, Sulaymon onasiga shaxsan maktub yuborib, bu xushxabarni yetkazishga alohida eʼtibor qaratgan. Bu esa ularning oʻzaro yaqin rishtalari va onasiga boʻlgan chuqur hurmatini yanada yaqqol namoyon etadi.

Sulaymon taxtga chiqqanidan koʻp oʻtmay, Hafsa Manisada keng qamrovli masjid majmuasi qurilishini boshlab berdi. Bu majmua avvalgi xonimlar tomonidan qurilgan inshootlardan ham ulugʻvorroq edi. Qurilish ehtimol Sulaymonning Manisadagi hokimligi davrida boshlangan va 1522–1523-yillarda yakunlangan. Majmua tarkibiga masjid, madrasa, darvishlar uchun xona, boshlangʻich maktab va oshxona kirgan boʻlib, u yerda 117 nafar xodim faoliyat yuritgan. Keyinchalik Sulaymon uni kengaytirib, onasining nomidan shifoxona va hammom ham qurdirgan. „Sultoniya“ deb atalgan bu saltanat masjidi ikki minoraga ega boʻlib, bunday sharaf odatda faqat sultonga berilgan edi. Majmua Salim hamda keyinchalik Sulaymonning yordami bilan olingan mulklar orqali moliyalashtirilgan boʻlib, ularning daromadlari masjid uchun vaqf qilingan.

Hafsa 1518-yilda katta miqyosdagi savdo bitimini amalga oshirib, loyihaning moliyaviy poydevorini yaratdi. U Urla bozorida (Izmir yaqinida) 56 ta oddiy doʻkon, tomi yopiq 11 ta doʻkon va 111 ta rastani sotib oldi. Umumiy qiymati 66 690 asper boʻlgan ushbu 116 ta bitim masjid majmuasining moliyaviy taʼminotini taʼminlash uchun asos boʻldi. Qurilishdan tashqari, Hafsa Sulton masjid atrofiga aholining joylashuvini ham faol ravishda qoʻllab-quvvatladi, yer uchastkalarini ijaraga berishni yoki sotuvga qoʻyishni taklif etdi. Bu yerlarda uy qurganlarga sulton tomonidan soliq imtiyozlari berilib ragʻbatlantirildi.

Uning Strongilah ismli kirasi (saray ayollari bilan tashqi dunyo oʻrtasida vositachilik qilgan yahudiy ayol) boʻlib, u haram ayollariga yordam koʻrsatgan va Hafsa Sulton bilan mustahkam aloqalar oʻrnatgan.

Oʻlimi

 
Hafsa Sultonning türbesiga kirish qismi

Hafsa Sulton 1534-yil 19-martda vafot etgan va Istanbuldagi Yovuz Salim masjidida eri dafn etilgan hududga qoʻyilgan. Uning uchun alohida maqbara qurilishi buyurilgan va qabri tepasida Qur’onni uzluksiz tilovat qilish uchun qorilar yollangan. Dafn marosimi xalqning keng koʻlamli motam namoyishlari bilan oʻtgan. Dafn marosimi tasvirida davlat kansleri va tarixchi Celâlzâde Mustafa Çelebi unga bagʻishlab keng qamrovli madhiyalar bitgan, uni islomning hurmatli ayollariga qiyoslagan. U Hafsa Sultonni Muhammadning birinchi xotini Xadicha, shuningdek, Fotima va Oyshaga oʻxshatib, uning taqvosi, solih fikrlari hamda xayriya ishlari va ezgu amallarda faol ishtirokini alohida taʼkidlagan.

Farzandlari

Sulton Salim va Hafsa Sultonning oʻgli Sulaymondan oldin yana kamida ikki qizi dunyoga kelgan. Ular:

  • Hatice Sulton (1494-yilgacha tugʻilgan – 1543-yildan keyin) ikki marta turmush qurgan.
  • Beyhan Sulton (1494-yilgacha tugʻilgan – 1559) akasi uni Ferhad poshoga turmushga bergan, kamida ikki nafar farzandni dunyoga keltirgan.
  • Sulaymon I (1494-yil 6-noyabr – 1566-yil 6-sentyabr) – Usmoniylar imperiyasining 10-sultoni.

Adabiyotlar

  • Peirce, L.P.. The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire, Studies in Middle Eastern history. Oxford University Press, 1993. ISBN 978-0-19-508677-5. 
  • Şahin, K.. Peerless Among Princes: The Life and Times of Sultan Süleyman. Oxford University Press, 2023. ISBN 978-0-19-753163-1. 

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, hafsa sulton haqida ma’lumot. hafsa sulton nima? hafsa sulton nimani anglatadi?

Yuqori