Gʻuzordaryo – Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Qashqadaryoning chap irmogʻi. Quyi oqimida, Gʻuzor shahridan quyida Qorasuv deb nomlanadi.
| Gʻuzordaryo | |
|---|---|
![]() Gʻuzordaryo havzasi | |
| Tavsif | |
| Uzunligi | 86 |
| Daryolar havzasi | 3170 km² |
| Suv sarfi | 4,87 m³/s (Pachkamar qishlogʻi) |
| Suv oqimi | |
| Boshlanishi | Katta va Kichik Oʻradaryoning qoʻshilishi |
| Quyilishi | Qashqadaryo |
| · Quyilish joyi | Qarshi shahridan 16 km sharqda |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Oʻzbekiston |
| Mintaqa | Qashqadaryo |
| Tuman | Gʻuzor va Qarshi tumanlari |
Uzunligi 86 km. Havzasining maydoni 3170 km². Suv yigʻilish maydonining oʻrtacha balandligi 1532 m. Hisor tizmasining shimoli-gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadigan Katta Oʻradaryo va Kichik Oʻradaryolarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Togʻlardan oqib chiqqach, tekislikdan oqib Qashqadaryoga quyiladi.
Oʻrtacha yillik suv sarfi 5,9 m³/sek. Eng koʻp suv sarfi 15,9 m³/sek., eng kam suv sarfi 0,31 m³/sek. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Eng koʻp suv sarfi aprelda (22,5%), eng kam suv sarfi sentyabrda (3,6%) kuzatiladi. Gʻuzordaryoning yuqori qismida Pachkamar suv ombori barpo qilingan hamda daryodan irrigatsion kanallar chiqarilgan. Suvi, asosan, ekin maydonlarini sugʻorishga sarf boʻladi.

| Daryo haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, gʻuzordaryo haqida ma’lumot. gʻuzordaryo nima? gʻuzordaryo nimani anglatadi?