Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

GOLDSIYER (Goldziher) Ignats (1850.22.6, Sekeshfexervar — 1921.13.11, Budapesht) — venger arabshunosi va islomshunosi. Vengriya FA muxbir aʼzosi (1876), Budapes

Goldsiyer Ignats

GOLDSIYER (Goldziher) Ignats (1850.22.6, Sekeshfexervar — 1921.13.11, Budapesht) — venger arabshunosi va islomshunosi. Vengriya FA muxbir aʼzosi (1876), Budapesht universiteti prof. (1894). Ilmiy ishlari islom tarixi, arab filologiyasi, qad. yahudiy mifologiyasiga oid. Islom manbalarini chuqur taxlil qilgan. Islomni ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bogʻlanmagan diniy gʻoyalar evolyutsiyasining mahsuli deb hisobladi. Islom madaniyatiga musulmon Sharqining barcha xalklari oʻz hissalarini qoʻshganligini ochib berdi. G. islomshunoslikda tanqidiy maktab asoschisi. Asosiy asarlari: "Islom", "Islom toʻgʻrisida maʼruzalar", "Islomda avliyolarga sigʻinish" va b.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, goldsiyer ignats haqida ma’lumot. goldsiyer ignats nima? goldsiyer ignats nimani anglatadi?

Yuqori