Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Geoxronologik shkala - umumiy stratigrafik shkala birliklariga ekvivalent boʻlgan geoxronologik boʻlimlarning iyerarxiya (quyi boʻlimlarning yuqori boʻlimlarga

Geoxronologik shkala

Geoxronologik shkala - umumiy stratigrafik shkala birliklariga ekvivalent boʻlgan geoxronologik boʻlimlarning iyerarxiya (quyi boʻlimlarning yuqori boʻlimlarga bosqichma-bosqich boʻysunish) sistemasi.

Geoxronologik boʻlimlar ilmiy jihatdan kuraviy miqyosda tarqalgan, ammo kesimlarning toʻliq emasligi va izoxron satxlarni kuzatish usullarining chegaralanganligi sababli faqat yirik geoxronologik boʻlimlargina keng miqyosda belgilangan. Radiologik geoxronometriya maʼlumotlari boʻyicha hozirgi vaqtda fanerozoy eratema, sistema, boʻlim, yarus, davrlarining hamda bir qancha zamon va asrlarning davom etgan vaqti aniqlangan. Radiologik yoshni aniqlash tokembriy G.sh. uchun ayniqsa muhim, chunki tokembriy uchun hozirgacha umumiy qabul qilingan boʻlimlar yoʻq (qarang Geoxronologiya).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, geoxronologik shkala haqida ma’lumot. geoxronologik shkala nima? geoxronologik shkala nimani anglatadi?

Yuqori