Gʻarbiy Avstraliya - Avstraliya Ittifoqining gʻarbiy qismidagi shtat. Maydoni - 2,53 ming km2. Aholisi - 1,9 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Pert shahri. Yer yuzasining aksari qismi balandligi 400–500 m li choʻlli plato (Gibson, Katta Qumli, Katta Viktoriya choʻllari). Shoʻr koʻl koʻp. Shimolida savannalar bor. Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy qismida togʻ tizmalari va massivlar uchraydi. Eng baland joyi 1226 m (Xamersli togʻi).
Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik, asosan, jun uchun qoʻy boqiladi. Bugʻdoy, arpa, suli ekiladi. Janubi-gʻarbida tokchilik va bogʻdorchilik rivojlangan. Shimoli-gʻarbiy qismida, Ord daryosi boʻyida sugʻorib dehqonchilik qilinadi: paxta, sholi, shakarqamish ekiladi. Foydali qazil-malardan oltin, temir rudalarining yirik konlari bor. Nikel, boksit, toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi. Qora va rangli metallurgiya sanoatlari rivojlangan. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Yirik sanoat markazlari: Frimantl, Kuinana, Kalgurli va boshqalar.
Rottnest oroli G'arbiy Avstraliya qirg'oqlari yaqinidagi oroldir. Bu mashhur sayyohlik maskani. U yerdagi asosiy aholi punkti Thomson Bay Settlement, yoki shunchaki The Settlement.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, gʻarbiy avstraliya haqida ma’lumot. gʻarbiy avstraliya nima? gʻarbiy avstraliya nimani anglatadi?