Fondukiston ibodatxonasi – Kobuldan taxminan 117 kilometr shimoli-sharqda, Parvon viloyati Gʻorband vodiysi yaqinidagi tepalikning eng baland nuqtasida joylashgan buddistlar ibodatxonasi. Ibodatxona qurilishi milodiy 8-asr boshlariga toʻgʻri keladi.
| Fondukiston ibodatxonasi | |
|---|---|
![]() Fondukiston ibodatxonasidan topilgan budda haykali (Afgʻoniston milliy muzeyi) | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Maqomi | Ibodatxona |
| Koordinatalar | 34°58′11″N 68°52′37″E / 34.969591°N 68.876891°E |
![]() Fondukiston ibodatxonasi xaritada | |
| Fondukiston ibodatxonasi | |
Umumiy maʼlumotlar
Benjamin Rowlandning soʻzlariga koʻra, „Rangdor qilib boʻyalgan devorlar, haykallar juda koʻp boʻlgan bu kichik ibodatxonaga haykaltarosh va quruvchilar tomonidan oʻziga xos diniy effekt berilgan, kelgan inson goʻzal manzarani koʻrgan“.
Fondukiston ibodatxonasidagi sanʼat asarlarini eramizning 7—8-asrlarda buddist Turkshohiylar tomonidan boshqariladigan hududlarda buddaviy sanʼatining eng yuqori darajasi deb olish mumkin. Shu jumladan Sosoniylarning madaniy taʼsiri ham mavjud. Fondukiston ibodatxonasi sanʼat asarlari milodiy 7—8-asrlardagi yunon-budda sanʼatining soʻnggi bosqichlariga toʻgʻri keladi. Bu davrda Xitoyning Tan imperiyasi buddizmning taʼsiri va targʻibotini Markaziy Osiyo davlatlariga, jumladan, Afgʻonistonga xitoy rohiblari oqimi bilan kengaytirishni boshladi, ammo, Hindistondan Oʻrta Osiyoga hind rohiblarining koʻchishi koʻproq sodir boʻldi. Ushbu voqealar Fondukiston va Tapa Sardardagi hind-xitoy gibrid sanʼat va din uslublarini keltirib chiqardi. Ibodatxona 1936-yilda Délégation archéologique française en Afghanistan tashkilotidan Joseph Hackin va 1937-yilda xuddi shu tashkilotdan Jean Carl tomonidan qazib oʻrganilgan. Qayta tiklangan sanʼat asarlarining aksariyati Guimet muzeyi, Parij va Afgʻoniston Milliy muzeyi oʻrtasida boʻlinib ketgan, koʻplari soʻnggi oʻn yilliklardagi vayronagarchiliklardan omon qolmagan.
Budda haykallari
- Oʻtirgan Budda, Fondukiston ibodatxonasi (hozirda Afgʻoniston milliy muzeyida).
- Oʻtirgan Bodxisattva, Fondukiston ibodatxonasi, taxminan 700-yil. (hozirda Kobul muzeyida)
- Eron uslubidagi ustki kiyim kiygan Budda haykali, Gʻorband vodiysi, Fondukiston ibodatxonasi, taxminan 700-yil.
- Maitreya Bodxisattva rasmi, Fondukiston ibodatxonasi, taxminan 700-yil (hozirda Afgʻoniston milliy muzeyida).
Adabiyotlar
- Alram, Michael (2014). "From the Sasanians to the Huns New Numismatic Evidence from the Hindu Kush". The Numismatic Chronicle 174: 261–291. (registration required)
- J. Hackin, "Le monastère bouddhique de Fondukistan (fouilles de J. Carl, 1937), " MDAFA 8, 1959, pp. 49-58.
- J. Hackin, "The Buddhist Monastery of Fondukistan, " Afghanistan (Kabul) 5/2, 1950, pp. 19-35.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, fondukiston ibodatxonasi haqida ma’lumot. fondukiston ibodatxonasi nima? fondukiston ibodatxonasi nimani anglatadi?

