Folklend orollari (ispancha: Islas Malvinas, inglizcha: Falkland islands) — Atlantika okeanining janubi-gʻarbiy qismidagi arxipelag, Argentina qirgʻoqlari yaqinida, Buyuk Britaniya dengizorti hududi.
Folklend orollari inglizcha: Falkland Islands | |
|---|---|
| Britaniyaning dengizorti hududi | |
![]() Bayroq ![]() Gerb | |
| Shior: "Desire the Right" ("Doimo to‘g‘ri yo‘lni, adolatni, haqiqatni tanlang") | |
| Madhiya: "God Save the King" | |
![]() | |
| Poytaxt | Stenli |
| Rasmiy til(lar) | Ingliz tili |
| Etnoxoronim(lar) | Folklendliklar |
| Hukumat | Vakolatlari devolutsiya qilingan parlamentli qaram hudud |
• Monarx | Charles III |
| Kolin Martin-Reynolds | |
• Bosh direktor | Andrea Klauzen |
• Vazir | Stiven Douti |
| Qonun chiqaruvchi hokimiyat | Qonun chiqaruvchi assambleya |
| Suveren davlati ( | |
• Birinchi manzilgoh | 1764-yil |
• Britaniya hukmronligi qayta tiklanishi | 1833-yil 3-yanvar |
• Folklend urushi | 1982-yil 2-apreldan 14-iyungacha |
• Amaldagi konstitutsiyasi | 2009-yil 1-yanvar |
| Maydon | |
• Butun | 12,173 km2 |
• Suv (%) | ahamiyatsiz |
| Aholi | |
• 2021-yilgi roʻyxat | 3,662 |
| • Zichlik | 0.30/km2 |
| YIM (XQT) | 2013-yil roʻyxati |
• Butun | $228.5 million |
• Jon boshiga | $96,962 (4-oʻrin) |
| Gini (2015) | 36.0 medium |
| HDI (2010) | 0.874 very high · reytingga ega emas |
| Pul birligi | • Funt sterling • Folklend orollari funti (£) (FKP) |
| Vaqt mintaqasi | UTC– 03:00 (FKST) |
| Telefon prefiksi | +500 |
| ISO 3166 kodi | FK |
| Internet domeni | .fk |
| Web-sayt https://falklands.gov.fk | |
Geografik joylashuvi va tabiati
Folklend orollari Atlantika okeanining janubi gʻarbiy qismidagi arxipelag. Arxipelag ikki yirik Soledad va Gran-Malvin orollaridan tashkil topgan. Bundan tashqari 200 ga yaqin mayda orollar ham uning tarkibiga kiradi. Orollar choʻkma jinslardan tashkil topgan. Gʻarbiy Folklend orolining eng yuqori nuqtasi - Adam togʻi (706 m).
Iqlimi — salqin okean iqlimi Oʻsimlik dunyosi kambagʻal, torf botqoqliklari mavjud. Hayvonot dunyosida dengiz jonivorlari ustunlik qiladi, bu yerda: tulenlar, qisqichbaqalar, baliqlarning koʻplab turlari va qushlar juda koʻp.
Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari
Orollarni Buyuk Britaniya qiroli tomonidan tayinlanadigan gubernator boshqaradi. Maʼmuriy-hududiy boʻlinishga ega emas. Ogʻir samolyotlarni qabul qilish uchun qoʻnish maydoni va bazasi mavjud. Siyosiy partiyalari: Folklend orollarining milliy taraqqiyot partiyasi.
Iqtisodiyoti va transport kommunikatsiyalari
Mahalliy aholining asosiy mashgʻuloti qoʻychilik, baliqchilik. Qoramol va otlar ham boqiladi. Oziq-ovqat ishlab chiqarish va junga qayta ishlov berish fabrikalari ham mavjud. Kartoshka, karam, piyoz, lavlagi, arpa kabi madaniy oʻsimliklar yetishtiriladi. 2006-yil YaIM miqdori 75 mln dollarni (aholi jon boshiga - 24,154 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, Argentina.
Tarixi
Arxipelagni oʻrganish uchun birinchi jiddiy urinish golland dengizchisi Sebald Veyert tomonidan amalga oshirildi. Orollarga Sebaldin orollari nomi berilib, ular geografik xaritalarga kiritildi. 1760-yil yanvarida inglizlar gʻarbiy va sharqiy orollarni ajratib turgan boʻgʻozni kashf qilishdi va unga ingliz floti gʻaznachisi lord Folklend nomini beradilar. Keyinchalik butun arxipelag shu nom bilan atala boshlandi. XVIII asrda orollarga San-Malo portidan yoʻlga chiqqan fransuz dengizchilari serqatnov boʻlib qolishdi. Shu tariqa bu arxipelag oʻzining ikkinchi, Malvin orollari nomiga ega boʻldi. Bu nom rasman Argentina va Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlarida ishlatiladi. 1764-yilda Malvin orollariga mashhur dengizchi Lui Antuan de Bugenvil boshchiligidagi dengiz ekspeditsiyasi kelib tushdi. U Soledadning sharqiy qirgʻoqlarida doimiy manzilgoh Port-Sen-Luiga asos soldi. Aynan shu yerda orollar Fransiya mulki deb eʼlon qilindi. Buyuk Britaniya Fransiyani arxipelagdan siqib chiqarishga uringan. 1765-yilda ingliz dengizchisi Jon Bayron sharqiy Folklendga qurollangan otryad tushirib, Port-Egmont fortiga asos solib, orollarni ingliz mulki deb eʼlon qildi. Angliya va Germaniya bilan olib borilgan yetti yillik urushda band boʻlgan Fransiya arxipelagni Ispaniyaga 25 ming funt sterlingga sotib yubordi. Ispaniya va Angliya munosabatlari shu darajada keskinlashdiki, harbiy toʻqnashuv yuz berishi tayin boʻlib qoldi. Uzoq davom etgan mojarolardan soʻng Ispaniya Angliyaga Port-Egmontni qaytarib berishi uchun rasmiy London arxipelag suverenitetidan voz kechishga majbur edi. Biroq inglizlar 1774-yil orollarni Buyuk Britaniya mulki deb eʼlon qilgan holda oʻz garnizonini olib chiqib ketdi. Keyingi yillarda Rio-de-la-Plata vitse-qirolligining tarkibiy qismi deb eʼlon qilingan Malvin orollariga Ispaniya va Janubiy Amerikadan koʻchmanchilar kelib oʻrnasha boshladi. XIX asr boshlarida Buyuk Britaniya butun La-Plata hududini bosib olishga urindi. Biroq inglizlar mahalliy aholining jiddiy qarshiligiga duch keldi. 1816-yili La-Plataning birlashgan provinsiyalari Ispaniyadan mustaqilligini eʼlon qilib, 1826-yilda Argentina respublikasini taʼsis etgan konstitutsiyani qabul qildi. Malvin orollari va kontinental shelf doirasidagi barcha ispan orollari respublika tarkibiga kiritildi. 1820-yilda kapitan Devid Juitt boshchiligidagi “Eroina argentin” fregati Malvin orollariga yetib keldi va bu yerda Argentina respublikasi bayrogʻi koʻtarildi. 1833-yilning 3-yanvarida inglizlar Soledaddan X. M. Mineda boshchiligidagi harbiy va fuqarolik hukumatni va shu yerda qolgan argentinaliklarni quvib chiqardi. Argentina hech qachon Buyuk Britaniyaning arxipelagga boʻlgan hududiy huquqlarini tan olmagan va bir yarim asr davomida orolning mustaqilligi tiklanishini talab qilib kelmoqda. 1982-yili Folklend orollariga egalik qilish uchun Buyuk Britaniya va Argentina oʻrtasida mojaro yuz beradi. Bir yarim oy davom etgan harbiy mojaro Argentinaning magʻlubiyati bilan tugaydi.
Adabiyotlar
- R. Farmonov. «Dunyo mamlakatlari (qisqacha maʼlumotnoma)». Toshkent, 2009-yil
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, folklend orollari haqida ma’lumot. folklend orollari nima? folklend orollari nimani anglatadi?


