Fil toshbaqa (lotincha: Geochelone elephantopus) – quruqlikda yashovchi toshbaqalarning bir turi. 10 kenja turi maʼlum. Kosasining uzunligi 150 sm, boʻyi 60 sm. Voyaga yetganlarining ogʻirligi 100 (baʼzilari 400) kg. Erkagi urgʻochisiga nisbatan yirik bo'ladi. Fil toshbaqa Galapagos orollarida tarqalgan. Oʻsimliklar bilan oziqlanadi. 12–14 oygacha suvsiz va oziqsiz yashay oladi. Urgʻochisi noyabr–aprelda yerni oʻyib (40 sm chuqurlikda), 2–22 ta sharsimon oq tuxumini koʻmib qoʻyadi. Tuxumdan bolasi (70 g) 6–7 oyda chiqadi. Mazali goʻshti, yogʻi va hayvonot bogʻlari uchun koʻplab ovlanganidan soni kamayib ketgan.
| Fil toshbaqa | ||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| ||||||||||||||
| Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||
| ||||||||||||||
| Chelonoidis niger (Quoy va Gaimard, 1824-yil) | ||||||||||||||
Adabiyotlar
- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
| Hayvon haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, fil toshbaqasi haqida ma’lumot. fil toshbaqasi nima? fil toshbaqasi nimani anglatadi?
