Fatih Terim (talaffuzi: Fotih Terim; 1953-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) – turkiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Fatih Terim | ||
| Tavallud sanasi | 4-sentyabr 1953-yil | ||
| Tavallud joyi | Adana, Turkiya | ||
| Boʻyi | 172 cm (5 ft 7 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Laqabi | Imperator | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1963–1969 | Adana Demirspor | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1969–1974 | Adana Demirspor | 125 | (25) |
| 1974–1985 | Galatasaray | 327 | (16) |
| Total | 452 | (41) | |
| Boshqargan klublari | |||
| 1987–1989 | Ankaragücü | ||
| 1989–1990 | Göztepe | ||
| 1990–1993 | Turkiya U21 | ||
| 1993–1996 | Turkiya | ||
| 1996–2000 | Galatasaray | ||
| 2000–2001 | Fiorentina | ||
| 2001 | Milan | ||
| 2002–2004 | Galatasaray | ||
| 2005–2009 | Turkiya | ||
| 2011–2013 | Galatasaray | ||
| 2013–2017 | Turkiya | ||
| 2017–2022 | Galatasaray | ||
| 2023–2024 | Panathinaikos | ||
| 2024–2025 | Al-Shabab | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Fatih futbolchilik faoliyati davomida „Ceyhanspor“, „Adana Demirspor“ va „Galatasaroy“ jamoalarida toʻp surgan. „Galatasaroy“ klubidagi oʻn bir yillik faoliyati mobaynida u jamoa bilan 1975 va 1979-yillarda Bosh vazir kubogini, 1975-76, 1981-82 va 1984-85-yillarda Turkiya kubogini hamda 1982-yilda Turkiya Superkubogini qoʻlga kiritishga erishgan. Terim Italiyaning „Milan“ va „Fiorentina“ jamoalari, Turkiyaning bir qancha klublari, shuningdek, eng soʻnggi marta 2013-yildan 2017-yilgacha Turkiya milliy terma jamoasini boshqargan.
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan 80 mamlakatda oʻtkazilgan soʻrovnomada u dunyoning eng yaxshi sakkizta murabbiyi qatoriga kiritildi va 2001-yil 8-yanvarda Germaniyaning Rotenburg shahrida boʻlib oʻtgan marosimda mukofotini qabul qilgan. 2007-yil 25-aprelda Terim Italiya davlati tomonidan „Kommendatore“ ordeniga sazovor boʻlgan. 2008-yilda Terim UEFA yilning eng yaxshi murabbiyi nominatsiyasiga koʻrsatilgan va „Eurosport“ telekanali uni 2008-yilgi Yevropa chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb tan olgan. 2008-yil dekabr oyida World Soccer jurnali uni dunyoning yettinchi eng yaxshi futbol murabbiyi sifatida baholadi. Uning turkcha laqabi „İmparator“, italyancha laqabi esa „Imperatore“ boʻlib, ikkala soʻz ham „imperator“ maʼnosini anglatadi.
Shaxsiy hayoti
Fatih Turkiyaning Adana shahrida Nuriye va Talat Terim oilasida dunyoga kelgan. Otasi Talat aslida Kipr turki boʻlib, keyinchalik Turkiyaga koʻchib kelgan. U Fulya Terim bilan turmush qurgan. Ularning Merve va Buse ismli ikki qizi bor.
Yutuqlari
Oʻyinchi sifatida
- Galatasaroy
- Turkiya kubogi: 1975–76, 1981–82, 1984–85
- Turkiya Superkubogi: 1982
Murabbiy sifatida
- Turkiya
- UEFA Yevropa chempionati yarim finali: 2008
- Galatasaroy
- UEFA kubogi: 1999–2000
- Superliga: 1996–97, 1997–98, 1998–99, 1999–2000, 2011–12, 2012–13, 2017–18, 2018–19
- Turkiya kubogi: 1998–99, 1999–2000, 2018–19
- Turkiya Superkubogi: 1996, 1997, 2012, 2013, 2019
- TSYD kubogi: 1997, 1998, 1999
- Davlat mukofotlari
- Italiya Ordine della Stella della Solidarietà Italiana (Italiya birdamlik yulduzi ordeni komandori unvoni; Italiya davlati tomonidan Anqaradagi Italiya elchixonasida oʻtkazilgan qabul marosimida topshirilgan): 2007
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, fatih terim haqida ma’lumot. fatih terim nima? fatih terim nimani anglatadi?
