Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Farer orollari – Atlantika okeanining shimoliy sharqiy qismidagi arxipelag, Daniyaning muxtor viloyati. Maydoni - 1,4 ming km². Orollarning relyefi zinapoyasimo

Farer orollari

Farer orollari – Atlantika okeanining shimoliy sharqiy qismidagi arxipelag, Daniyaning muxtor viloyati. Maydoni - 1,4 ming km². Orollarning relyefi zinapoyasimon platodan iborat. Eng baland joyi 882 m. Bazalt lavalari va tuflardan tuzilgan. Qirgʻoqlari tik, ford koʻp. Iqlimi subarktika dengiz iqlimi, oʻrtacha temperatura fevralda 4° C, iyulda 11° C. Yillik yogʻin 1500 mm. Oʻtloqlar, torfli botqoqliklar, vereskzorlar bor. Parranda koʻp. Baliq ovlanadi. Qoʻy boqiladi. Maʼmuriy markazi – Torsxavn. Farer orollarida VII-IX asrlarda kelt qabilalari yashagan. IX asrdan norveglar koʻchib kela boshlagan. Ikkinchi jahon urushiga qadar turli davlatlar tarkibida boʻlib kelgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, farer orollari haqida ma’lumot. farer orollari nima? farer orollari nimani anglatadi?

Yuqori