Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Evolutsiya dalillari Yerdagi barcha organizmlarning umumiy ajdoddan kelib chiqqanini isbotlovchi ilmiy dalil, maʼlumot va konsepsiyalardir. Bu isbotlar yordamid

Evolutsiya dalillari

Evolutsiya dalillari Yerdagi barcha organizmlarning umumiy ajdoddan kelib chiqqanini isbotlovchi ilmiy dalil, maʼlumot va konsepsiyalardir. Bu isbotlar yordamida evolutsiya nazariyasi ilmiy hamjamiyatda tan olindi, evolutsiya sintetik nazariyasi esa turlanish jarayonlari haqidagi ilgʻor qarashlar tizimiga aylandi.

Biologiya
Evolutsiya
Hayot daraxti
Hayot daraxti
Mexanizm va jarayonlari

Moslashish
Genetik dreyf
Gen koʻchishi
Mutatsiya
Tabiiy tanlanish
Turlanish

Tadqiqotlar va tarix

Dalillar
Tarixi
Zamonaviy sintez
Ijtimoiy taʼsiri

Evolutsion biologiya sohalari

Kladistika
Ekologik genetika
Evolutsion rivojlanish
Odam evolutsiyasi
Molekular evolutsiya
Filogenetika
Populatsion genetika

Evolutsiyaviy jarayonlar ham tabiiy, ham laboratoriya sharoitlarida kuzatiladi. Yangi turlar paydo boʻlgani maʼlum. Shuningdek mutatsiya tufayli yangi xususiyatlar rivojlangani ham kuzatilgan. Turlar ichida evolutsiya boʻlishi tajribaviy isbotlangan, turlanish jarayonlari esa tabiatda bevosita kuzatilgan.

Hayotning evolutsiyaviy tarixi haqida maʼlumot olish uchun paleontologlar organizmlarning qazilma qoldiqlarini tahlil qilishadi. Zamonaviy turlar orasidan qarindoshlik darajasini aniqlash uchun ularning tuzilishi,genomlari, embrional rivojlanishi (embriogenez) oʻrganiladi. Evolutsiya haqida qoʻshimcha axborotni hayvon va oʻsimliklarning geografik tarqalish qonuniyatini oʻrganuvchi biogeografiya beradi. Shu barcha maʼlumotlar yagona manzara — hayotning evolutsiyaviy daraxtini chizadi.

„Turlarning kelib chiqishi“ kitobi chop etilganidan koʻp oʻtmay topilgan qazilma arxeopteriks. Arxeopteriks chanogʻi tuzilishi (tishlar borligi), 20 boʻlimdan iborat umurtqa dumgʻazasi, old muchalaridagi rivojlangan falangali barmoqlari, qovurgʻalari borligi, tumshugʻi yoʻqligi va qator boshqa belgilari reptiliyalarga oid. Biroq umumiy tana shakli, qoʻshilib ketgan koʻprik suyaklari, patlari, jumladan murakkab qanot patlari, qushlar uchun xarakterli. Shu sabablarga koʻra arxeopteriks morfologiyasi boʻyicha sudralib yuruvchilar va qushlar orasidagi oraliq tur boʻlib, oʻtish formasidir.

Kuzatiladigan evolutsiya

Bugungi populatsiyalarda kuzatiladigan oʻzgarishlar nafaqat evolutsiya mavjudligini, balki barcha turlarning umumiy ajdoddan kelib chiqishi uchun zarur boʻlgan qator mexanizmlar borligini ham isbotlaydi. Genomlar sirasiga intronlar koʻchishi, genlar duplikatsiyasi, rekombinatsiya, transpozitsiya, retrovirus kiritmalar (genlarning gorizontal koʻchishi), ayrim nukleotidlar almashinishi, yoʻqolishi va qoʻshilishi, shuningdek xromosoma qayta qurilishlari kiruvchi turli mutatsiyalarga duchor boʻlishi kuzatilgan. Genom duplikatsiyasi (poliploidiya), notekis krossingover, xromosoma inversiyasi, xromosomalar translokatsiyasi, boʻlinishi, qovushishi, duplikatsiyasi va yoʻqolishi kabi xromosoma qayta qurilishlari maʼlum. Shuningdek, organizmlar tuzilishida oʻzgarishlar va funksional oʻzgarishlar — turli adaptatsiyalar,, yangi nav ozuqa hazm qilish qobiliyati paydo boʻlishi (jumladan — neylon va pentaxlorfenol) va hokazo hodisalar kuzatiladi. Bundan tashqari, yangi turlar shakllanishidagi turli-tuman oraliq bosqichlar aniqlanib, turlanish asta-sekin kechishi isbotlandi.

Adabiyot

  • Charles Darwin, Turlarning kelib chiqishi
  • Происхождение человека и половой отбор (rus.)
  • Эволюционный процесс (rus.)
  • The Theory of Evolution (ingl.)
  • Douglas J. Futuyma, Evolutionary Biology, Sunderland, Massachusetts. ISBN 0-87893-189-9
  • Эволюция жизни (Wayback Machine saytida 2009-05-17 sanasida arxivlangan) (rus.)
  • Jerry Coyne, Why Evolution is True, ISBN 0670020532
  • Richard Dawkins, The Greatest Show On Earth ISBN 0-593-06173-X

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, evolutsiya dalillari haqida ma’lumot. evolutsiya dalillari nima? evolutsiya dalillari nimani anglatadi?

Yuqori