Estrogenlar (yangi lotincha oqmoq va... gen) — odam va umurtqali hayvonlar jinsiy gormoni; asosan, ayollar tuxumdonida, shuningdek, buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatida, platsenta va urugʻdonda hosil boʻladi. Kimyoviy tabiatiga koʻra steroid. Ayollar jinsiy aʼzolari funksiyasi va rivojlanishini, sut bezlarining normal oʻsishini kuchaytiradi. Suyaklarning oʻsishi, suvtuz almashinishi va boshqalarga taʼsir etadi. Ayollar gavdasining normal boʻlishi E.ga bogʻliq. E.ga estradiol va estron kiradi.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, estrogenlar haqida ma’lumot. estrogenlar nima? estrogenlar nimani anglatadi?