Egey dengizi — Oʻrta dengiz havzasidagi yarim berk dengiz. Bolqon va Kichik Osiyo yarim orollari va Krit o. oraligʻida. Gretsiya va Turkiya qirgʻoqlarini yuvib turadi. Dardanell boʻgʻozi orqaly Marmar dengizi bilan tutash. Maydoni 191 ming km². Eng chuqur joyi 2561 m. Orol koʻp, yiriklari: Shimoliy va Janubiy Sporadalar, Kiklad o.lari va boshqalar Suvining temperaturasi yuza qatlamida qishda 11 — 16°, yozda 22— 25°. Shoʻrligi 37—38°/O0. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (1 m gacha). Baliq ovlanadi. Asosiy portlari: Pirey, Saloniki (Gretsiya), Izmir (Turkiya).

| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, egey dengizi haqida ma’lumot. egey dengizi nima? egey dengizi nimani anglatadi?