Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Dominantlik (lotincha dominans — hukmron, ustun) — allellarning gomo va geterozigota holatlarida belgilarning fenotipik namoyon boʻlishi. Gen allellarining oʻza

Dominantlik

Dominantlik (lotincha dominans — hukmron, ustun) — allellarning gomo va geterozigota holatlarida belgilarning fenotipik namoyon boʻlishi. Gen allellarining oʻzaro munosabat shakli Dominantlikda bir allel boshqa allel ustidan toʻliq (toʻliq Dominantlik) yoki toʻliqsiz (chala Dominantlik) ustunlik qiladi. „Dominantlik“ tushunchasini genetika faniga G. Mendel kiritgan. Dominantlik qiluvchi allellar (genlar) katta harflar (A, V), retsessiv allellar kichik harflar (a, v) bilan ifodalanadi. Organizmlar genetipida dominant genlarning yigʻilishi koʻpchilik hollarda hayotchanlikni oshirishga, xoʻjalik jihatdan qimmatli belgilarni yaxshilashga imkon beradi. Dominantlik tibbiyot va qishloq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, dominantlik haqida ma’lumot. dominantlik nima? dominantlik nimani anglatadi?

Yuqori